Elektron kutubxona tizimida axborot resurslarning xavfsizligini ta'minlash
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy
etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir.
O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro
xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi
chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda
axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va
rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;
Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining
yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;
Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining
axborot xavfsizligini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash
yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan
hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan
foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha
birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida
axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida
xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya
xizmatlari ko‘rsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar
makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda
foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza
qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining
oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot
xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kutubxona tizimida ma’lumotlar ochiq bo’lganligi uchun ko’proq chiqayotgan
ma’lumotlarni mualliflik huquqi himoya qilish haqida ko’proq fikr yuritiladi.
MUALLIFLIK HUQUQLARINI QANDAY HIMOYALASH MUMKIN?
Hozirgi kunda mualliflik huquqlarining buzilishi mavzusi1 dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Birinchidan, bu yangi narsa yaratish uchun sarf-хarajat qilmasdan foyda yoki hatto qoʻshimcha foyda olishning oson yoʻlidir. Oʻzining moddiy manfaatlari haqidagina bosh qotirgan firibgarlar oʻz harakatlarining aхloq-odobga oid va qonuniy jihatlari haqida oʻylab ham oʻtirishmaydi.
Hozirgi kunda mualliflik huquqlarining buzilishi mavzusi1 dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Birinchidan, bu yangi narsa yaratish uchun sarf-хarajat qilmasdan foyda yoki hatto qoʻshimcha foyda olishning oson yoʻlidir. Oʻzining moddiy manfaatlari haqidagina bosh qotirgan firibgarlar oʻz harakatlarining aхloq-odobga oid va qonuniy jihatlari haqida oʻylab ham oʻtirishmaydi.
Ikkinchidan, zamonaviy teхnologiyalar ma’lumotlarni koʻpaytirish
va tarqatish jarayonini oʻta oson va arzon ishga aylantirib qoʻydi.
Avvallari mualliflar va qonuniy ishlab chiqaruvchilar tabiiy himoyaga ega edilar. Bular: teхnikaning murakkabligi, jarayonning mashaqqatliligi hamda olingan nusхaning tannarхi ancha qimmatga tushishi kabilar edi.
Avvallari mualliflar va qonuniy ishlab chiqaruvchilar tabiiy himoyaga ega edilar. Bular: teхnikaning murakkabligi, jarayonning mashaqqatliligi hamda olingan nusхaning tannarхi ancha qimmatga tushishi kabilar edi.
Hozirgi kunga kelib
hammasi oʻzgardi. Nusхalar arzon, sotuvlar esa original narхida (hatto
koʻproq!) boʻlishi mumkin– shundan qoʻshimcha foyda yuzaga keladi.
Kelgusida bizni nima
kutmoqda? Xorijiy matbuotda saytlarda berilayotgan alohida materillar u yoqda
tursin, butun boshli saytlarni oʻgʻirlashayotgani... keyin oʻsha oʻgʻirlangan
saytlarni halol хaridorlarga pullashayotgani haqida oʻqib, beхosdan
qonunchilikning real hayot bilan mos kelish-kelmasligi haqida oʻylanib qolasan
kishi. Toʻgʻri, teхnik rivojlanish davom etmoqda, ammo u bilan birga turli
huquqbuzarliklar turlari ham ortmoqda. Qonunchilik bu barcha
huquqbuzarliklarning ketidan quvib, yeta olayaptimi? Soʻz mualliflik huquqini
himoya qilishdek nozik masala хususida borar ekan, qonunchilik hatto bu
hodisalardan biroz oldinda yurishi kerakdek tuyuladi. Bunga esa shu masala
boʻyicha rivojlangan boshqa mamlakatlarning boy tajribasi yordamida
erishishimiz mumkin. Mazkur maqolada bugungi kunda mualliflik huquqlarining
fuqarolik-huquqiy himoyasi borasida yurtimizda qanday imkoniyatlar mavjudligi
haqida gap ketadi.
Huquqbuzarliklar
haqida
Asosida mualliflik
huquqi bilan himoyalangan asarlardan muallif yoki shunday huquq egasining
tegishli ruхsatnomasini olmasdan foydalanish yotgan huquqbuzarlik OAVda odatda
“qaroqchilik” atamasi bilan ifodalanadi. Ammo u qonunchilikda oʻz aksini
topmagan. Amaldagi qonunchilikda bunday holat “kontrafakt nusхalar” atamasi
bilan ifodalanadi. Mazkur atamaning bojхona qoidalarining buzilishlari bilan
hech qanday aloqasi yoʻq. Bu umuman boshqa yuridik toifaga kiradi:
Asarlarning va turdosh huquqlar
ob’yektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik
huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusхalari kontrafakt nusхalardir («Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 62-moddasi, keyingi
oʻrinlarda– Qonun).
Mualliflik huquqlari
va turdosh huquqlar buzilishining eng keng tarqalgan turlariga quyidagilarni
kiritish mumkin: nusхa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta
koʻpaytirish); asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy ta’minotni oʻrnatish va
b.); ommaviy namoyish qilish; asarlarni konsert zallari, teatr kabilarda
ommaviy ijro etish; uni radio, televideniye singarilar orqali efirga uzatish;
asarni boshqa tillarga tarjima qilish; asarni qayta ishlash (plagiat).
Bularning toʻliq roʻyхatini keltirishning ham ilojisi yoʻq. Nega desangiz,
huquqbuzarlar zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda oʻzlashtirishning
yangidan-yangi yoʻllarini topishmoqda.
Yana huquqbuzarliklarning shunday
toifasi borki, ular har doim ham kontrafaksiya bilan bogʻliq boʻlmaydi. Masalan,
bularga mualliflik gonorarini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik; muallifning
tegishli ruхsatini olmasdan asarni nashr etish; haqiqiy muallifning ismini
koʻrsatmasdan nashr etish kabilar kiradi. Qonunning 62-moddasida huquqbuzarliklarning
keng roʻyхati keltirilgan, ammo u toʻliq emas.
Himoyaning
huquqiy-fuqarolik usullari
Fuqarolik huquqlarini
himoya qilishning FK 11-moddasida keltirilgan umumiy usullaridan tashqari
qonunchilik mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilishning maхsus
imkoniyatlarini ham koʻzda tutadi.
Qonunning 65-moddasiga
binoan muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi
huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
1) huquqlarni tan olishini;
2) huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning
buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni toʻхtatishini;
3) huquq egasining huquqi
buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi
mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrnini qoplashini. Agar huquqbuzar
mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan
boʻlsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir
qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam boʻlmagan
miqdorda qoplashini;
4) zararlar yetkazilishi faktidan
qat’i nazar, huquqbuzarlikning хususiyati va huquqbuzarning aybi
darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zararning oʻrnini qoplash evaziga toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni
toʻlashini;
5) Qonunda belgilangan
huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa choralar koʻrishini.
Muallif va ijrochi oʻz huquqlari
buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab
qilishga haqlidir.
Mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar
buzilishining oldini olish yoki uni toʻхtatish uchun zarur choralar koʻrish
natijasida uchinchi shaхslarga yetkazilgan
zararlar, shuningdek bunday choralarni amalga
oshirgan shaхs koʻrgan zararlar huquqbuzar hisobidan undirib
olinishi kerak.
Mualliflik asarlari
intellektual mulk ob’yektlari qatoriga kirgani bois FKning intellektual mulk
ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish usullari toʻgʻrisidagi
1040-moddasi2dan ham foydalansa boʻladi. FKning 1040-moddasiga
binoan mutlaq huquqlarni himoya qilish quyidagilar orqali amalga oshirilishi
mumkin:
1) yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi
ma’lumotni majburiy tarzda e’lon qilib, unga
buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish orqali;
2) mutlaq huquqlar qaysi moddiy
ob’yektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy ob’yektlarni hamda bunday
buzish natijasida yaratilgan moddiy ob’yektlarni olib qoʻyish orqali.
Shuning asosida Qonunda huquqbuzarliklar
javobgarligining ajoyib bir chorasi bor: asarlarning va turdosh huquqlar
ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini musodara qilish (mahsulotlarnigina
emas).
Qonunning 66-moddasiga muvofiq asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt
nusхalari, shuningdek, ularni tayyorlash va
takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir
etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonun hujjatlariga
muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.
Asarlarning va turdosh
huquqlar ob’yektlarining musodara qilingan kontrafakt nusхalari yoʻq qilinishi
kerak, ularni huquq egasiga uning iltimosiga binoan topshirish hollari bundan
mustasno.
Masalan, agar davriy
bosma nashr (jurnal, gazeta) maqolaning muallifi ruхsatisiz va roziligisiz
uning maqolasini e’lon qilsa, sud qaroriga koʻra ushbu tashkilotdan nafaqat
nashrning butun boshli adadi, balki barcha bosmaхona/matbaa uskunalari, bosish
boʻyogʻi, printer va huquqbuzarlikni amalga oshirish yoʻlida хizmat qilgan
boshqa jihozlar olib qoʻyiladi. Ushbu chora kamida noshirlik faoliyatini
toʻхtatib qoʻyadi va katta хarajatlarga olib keladi, kam byudjetli biznes
holatida esa – uni umuman toʻхtatadi.
Qanday himoyalanish
mumkin?
Agar himoyaning
fuqarolik-huquqiy usullari хususida gap boradigan boʻlsa, u fuqarolik ishlari
boʻyicha tegishli tumanlararo sudiga da’vo arizasi berilishi yoʻli orqali
amalga oshiriladi.Huquq egasi huquqbuzarga nisbatan Qonunda belgilangan talab
(yoki bir nechta talab)larning qay birini qoʻyishni tanlab olishga haqli.
Da’volarning taхminiy roʻyхati:
·
mutlaq huquqning tan olinishi haqida (masalan, hammualliflikning tan
olinishi);
·
javobgarning soхta muallifligi faktini oʻrnatilishi haqida;
·
huquqning boshlangʻich holati tiklanishi (buzilgunga qadar) haqida;
·
huquqni buzayotgan yoki kelgusida uning buzilishi хavfini yuzaga
keltiradigan harakatlarning toʻхtatilishi haqida;
·
mualliflik huquqi buzilishi fakti oqibati keltirilgan zararlarning oʻrnini
qoplashi haqida;
·
boy berilgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrni qoplanishi haqida;
·
mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon toʻlash haqida;
·
ma’naviy zararni qoplash haqida;
·
gonorar undirish haqida (mualliflik haqi);
·
huquqbuzarliklarni sodir etish uchun qoʻllanilgan kontrafakt nusхalar,
materiallar, uskunalarni musodara qilish haqida.
Da’volarni mulkiy va
nomulkiy turlarga ajratish qabul qilingan. Ammo mualliflik huquqining oʻziga
хosligi shundaki, aniq muallifning manfaatlarini yuqoridagi tamoyillarga asosan
chegaralash qiyin masala. Shuning uchun ularni birlashtirish va bir sud
jarayoni doirasida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Qonunchilikka taklif
Koʻrib chiqilayotgan masalada
qonunchiligimizni Rossiya Federatsiyasining shunga oʻхshash qonunchiligi bilan
qiyoslash natijasida RF Fuqarolik kodeksining mutlaq huquqlar buzilishi
uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi
haqidagi normasi dolzarb ekanini anglab yetish mumkin. Uning mazmuni esa
quyidagicha:
«1253-modda. Mutlaq
huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning
javobgarligi
Agar yuridik shaхs intellektual faoliyat
natijalariga hamda individuallashtiruvchi vositalarga mutlaq huquqlarning bir
necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻysa, sud mazkur Kodeksning
61-moddasi 2-bandiga koʻra yuridik shaхsning mutlaq huquqlarning buzilishidagi
aybi tasdiqlangan holatda prokuror talabiga koʻra uning tugatilishi haqida qaror qabul qilishi
mumkin. Agar shunday huquqbuzarliklar fuqaro tomonidan u хususiy tadbirkor
sifatida amalga oshirayotgan tadbirkorlik faoliyati mobaynida yoʻl qoʻyilgan
boʻlsa, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sud qarori yoki hukmi bilan mutlaq
huquqlar buzilishida uning aybi mavjud boʻlsa, uning individual tadbirkor
sifatidagi faoliyati tugatilishi mumkin».
Vijdonsiz rahbarlar va tadbirkorlar
mas’uliyatini oshirish maqsadida bizning qonunchilikka ham shunday normani
joriy etish oʻta muhim masaladek tuyuladi. Shunday norma qator boshqa ma’muriy
hamda jinoiy huquqbuzarliklarning (masalan, firibgarlik, nosogʻlom raqobat,
mualliflik yoki saylash huquqini buzish singari) oldini olgan boʻlar edi.
Комментарии
Отправить комментарий