Axborot-kutubxona faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rni va ulardan foydalanish
Kutubxonachiga. Kutubxonachilik sohasida axborot
texnologiyalarini tatbiq qilishning muhimligi O‘zbekiston Respublika
Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «O‘zbekiston Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan
ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan
[O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori «O‘zbekiston Respublika
aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida».
Ma’rifat, 2006 y. 21 iyun № 49 (7866)]. Qarorga muvofiq, viloyatlardagi
ilmiy-universal kutubxonalar negizida axborot-kutubxona markazlari (AKM) hamda
tuman, shahar va qishloqlardagi ommaviy kutubxonalar negizida axborot-resurs
markazlari (ARM) tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Mazkur AKM va
ARM lar zimmasiga aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatdan
yangi darajaga ko‘tarish, kitobxonlarning ilmiy, ta’lim, axborot, madaniyat va
biznes sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida
tezkorlik bilan qondirish; kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan
o‘z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan
foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan axborot-kutubxona xizmati
ko‘rsatishga o‘tishni ta’minlash; yig‘ma elektron katalog yordamida axborot
resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va ma’lumot bazalarini
yaratish kabi bir qator vazifalar yuklatilgan. Albatta, bunday vazifalarni
bajarish uchun AKM va AKM lar texnik, dasturiy, axborot, lingvistik,
tashkiliy-texnologik hamda kadrlar ta’minotiga ega bo‘lishi kerak. An’anaviy
kutubxonalar uchun kompyuter va boshqa bir qator texnika vositalarini sotib
olish, kutubxonada lokal tarmoq barpo qilish hamda internet tarmog‘iga ulanish
bilangina cheklanib, AKM va ARM yaratdek deb o‘ylash xatodir, zero zamonaviy
talablarga javob beruvchi AKM va ARM larini barpo qilish o‘ta murakkab va ancha
mablag‘ hamda vaqt talab qilinadigan ishlardandir. AKM va ARM lar barpo
qilishdagi muammolarni tushunmaslik oqibatida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish,
Qarorda ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda
kutubxonalar uchun faqat texnika vositalarini sotib olish, o‘rnatish,
kutubxonada lokal tarmoq yaratish, Internet tarmog‘iga ulash bilan cheklanib,
AKM va ARM yaratdik deb o‘ylash mutlaqo noto‘g‘ridir. Zamon talabiga javob
beruvchi AKM va ARM yaratish uchun dastlab qanday ishlarni bajarish zarur?
Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda qanday texnika va
texnologiyalar hamda dasturiy vositalardan foydalanish talab qilinadi? Ushbu
uslubiy qo’llanmada ana shunday dolzarb savollarga javob berishga harakat
qilamiz.
Kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda dasturiy ta’minotning
o‘rni beqiyosdir. Bizga ma’lumki, avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi
(AKAT) o‘zaro yagona ma’lumotlar bazasi orqali bog‘langan bir necha (dasturiy,
texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) ta’minotlardan
iborat. Ana’naviy kutubxonada ushbu ta’minotlar tizimini yaratmasdan turib, AKM
va ARM yaratish hech qanday samara bermaydi. AKM va ARM lar barpo qilinishi va
ular to‘laqonli faoliyat yuritishlari uchun kutubxonadagi quyidagi asosiy
jarayonlar avtomatlashtirilishi zarur:
• kutubxonaga qabul qilinayotgan
yangi hujjatlarga avtomatik tarzda (texnik va ilmiy) ishlov berish;
• kartotekalarni, nashrlar ro‘yxatini, buyurtmalarni, xatlarni, hisobot hujjatlarini tayyorlash;
• qabul qilinayotgan hujjatlarning ma’lumotlar bazasini yaratish;
• turli mavzudagi adabiyotlar arxivini yaratish va undan nusxa olish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish;
• kitobxonlar so‘roviga mos holda bibliografik tasvirning barcha elementlari bo‘yicha qidiruvni bajarish;
• kutubxonaning axborot va davriy nashrlarining ma’lumotlar bazalari orqali xizmat ko‘rsatish;
• jurnal maqolalarining bibliografik tavsiflari massivini yuritish;
• elektron ma’lumotnomalar yaratish;
• berilgan adabiyotlarni nazorat qilish;
• kitobxonlar va ularning formulyarlarini hisobga olish;
• berilgan adabiyotlarni kitobxonning formulyariga avtomatik tarzda yozib qo‘yish;
• kitoblarni o‘z vaqtida qaytarib berilishini nazorat qilish;
• kutubxona elektron katalogini shakllantirish, yuritish.

Yuqorida ko‘rsatilgan kutubxonadagi
asosiy jarayonlar avtomatlashtirilgach AKM va ARM larida quyidagi imkoniyatlar
paydo bo‘ladi:
• axborot qidiruvi tezligi oshadi;
• ma’lumotlarni bir marotaba kiritish va ulardan hujjatlarni ko‘p maqsadli qidirishda foydalanish, tanlangan axborotlarni bosib chiqarish, ma’lumotlar massivlarini boshqa foydalanuvchilarga uzatish, nashrlarni tayyorlash va boshqalar;
• turli belgilariga ko‘ra va ularning kombinatsiyalari yordamida qo‘shimcha kartoteka va ko‘rsatkichlardan foydalanmay ko‘p aspektli qidiruvni bajarish;
• o‘z kutubxonasidagi kompyuterdan foydalanib, tarmoq va kommunikatsiya vositalari yordamida boshqa kutubxona kataloglaridan va yig‘ma katalogda qidiruvni bajarish. Katta hajimdagi ma’lumotlar bazalari joylashgan optik disklarda qidiruvni bajarish va kerakli ma’lumotlarni olish;
• kutubxona fondini butlashda nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari asosida buyurtmalarni avtomatik ravishda shakllantirish va ularni bajarilishini tashkil qilish;
• kutubxonadagi barcha jarayonlarni, jumladan, kitobxonalarga xizmat ko‘rsatishni ham, hisobga olish va kutubxona statistikasini yuritish;
• kutubxona kataloglarini bir necha nusxada ishonchli saqlash;
• kutubxonaga qabul qilinayotgan hujjatlar oqimiga ishlov berish va fondni butlash xarajatlarini qisqartirish;
• yangi axborot manbalari jalb qilish hisobiga iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirish.

Kutubxonadagi
barcha asosiy jarayonlar (axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash,
qidirish, uzatish) avtomatlashtirilgach elektron kutubxona yaratish uchun zamin
hozirlangan bo‘ladi va barcha asosiy kutubxona texnologiyalarini
avtomatlashtirgan kutubxona Internet yoki Intranet orqali Elektron kutubxona
xizmatini yo‘lga qo‘ya oladi. Eng asosiysi, kutubxonalarni avtomatlashtirish,
kitobxonlarini Vatan va jahon axborotlar fazosiga chiqishini ta’minlaydi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, kutubxonalarni avtomatlashtirish jamiyatni
axborotlashtirishning muhim bir bosqichi ekan.
Bugungi kunda kutubxona jarayonlarini
avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bir qator kutubxonalarni avtomatlashtiruvchi
tazimlar mavjudki, ularda quyidagi funksional bo‘limlar mavjud:
• kataloglashtirish, elektron katalog (EK), ma’lumot-bibliografik xizmat;
• optik disklardagi yoki boshqa kutubxonalardagi EK larning ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda, bibliografik xizmat ko‘rsatish;
• kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish (kitobxonlarni ro‘yxatga olish, kitob berish, qaytarib olish va boshqalar);
• kitob almashishni ham o‘z ichiga oluvchi fondni butlash;
• davriy nashrlarni ro‘yxatga olish va unga mos EK ni yuritish;
• kutubxonalararo abonement;
• avtomatlashtirilgan tarzda bibliografik nashrlarni tayyorlash (katalog kartochkalarini ham tayyorlash);
• kutubxonani boshqaruv (hisobga olish, statistika, kadrlar, buxgalteriya va boshqalar).

asosiy axborot jarayonlarni avtomatlashtirish AKM va ARM barpo qilishda muhim
bosqich hisoblanadi, odatda dastlab, kutubxona fondini o‘zida aks ettiruvchi
elektron katalog bazasini shakllantirish bilan ish boshlanadi.
Shunday
qilib, biz AKM va ARM barpo qilishda dastlab avtomatlashtirilishi kerak bo‘lgan
asosiy kutubxona texnologiyalarini ko‘rib chiqdik va bu jarayonlar
avtomatlashtirilmasdan AKM va ARM yaratish mumkin emasligiga ishonch hosil
qildik. Ammo kutubxonada biz yuqorida ko‘rib o‘tgan jarayonlardan tashqari ham
bir qator jarayonlar borki, ularni ham avtomatlashtirmay turib, kutubxonani
to‘liq avtomatlashtirishga erishish mumkin emas. Keyingi yillarda RFID (radio
to‘lqinli identifikatsiya) texnologiyasini kutubxonalarda tatbiq qilish
to‘g‘risida ko‘plab axborotlar e’lon qilinmoqda, jumladan, Qrimda va Moskva
viloyatining Zvenegorod shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyalarda,
RFID texnologiyasini kutubxonalarda tatbiq qilish bo‘yicha bir qator
taqdimotlar ilmiy ma’ruzalar qilindi.
RFID
texnologiyasi nima ekanligini shtrix kod texnologiyasi misolida tushuntirishga
harakat qilamiz. RFID texnologiyasi mohiyati bo‘yicha bir oz shtrix kod
texnologiyasiga uxshab ketadi, ammo RFID ning bir qator afzalliklari bor.
Qanday? Bularni aniqlashga harakat qilamiz. Rivojlangan mamlakatlar
kutubxonalarida ishlatilayotgan shtrix kod texnologiyasi o‘z vaqtida
kutubxonachilarga beminnat yordam ko‘rsatib kelgan, shtrix kod texnologiyasi
yordamida kitob berish va qaytarib olish jarayonlari tezlashgan, xatolar soni
sezilarli darajada kamaygan. Bularning barchasi, kitobxonlarga berilayotgan va
qaytarib olinayotgan har bir kitob to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lda yozish
zaruratini cheklash va ayni paytda bu operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
kompyuter xotirasiga avtomatik ravishda kiritish mikoniyatini berar edi. Bu
jarayonlarni avtomatlashtirishda shtrix kod texnologiyalaridan unumli
foydalanilgan. Mazkur texnologiya yordamida kutubxona texnologiyalarini
avtomatlashtirishda muhim bir muammo hal qilindi, ya’ni kitob berish va
qaytarib olish jarayonlari, har bir kitobga biriktirilgan shtrix kod shaklidagi
axborotlarni skaner qurilmasi yordamida o‘qish orqali, avtomatlashtirildi.
Dastlab,
shtrix kod texnologiyalarini kutubxona jarayonlariga tatbiq qilish,
kutubxonadagi barcha jarayonlarni avtomatlashtirgandek tuyuldi. Ammo,
kutubxonalarda avtomatlashtirilmagan yana ikki jiddiy muammo bor ediki bulardan
birinchisi kutubxonalarda o‘tkaziladigan inventarizatsiya jarayoni, ikkinchisi
esa KBK, UDK yoki boshqa biror bir klassifikatsiyalash tizimi asosida
joylashtirilgan fonddagi o‘z joyiga qo‘yilmagan kitoblarni qidirish va o‘z
joyiga qo‘yish muammosi edi. Kutubxonachilarga ma’lumki kutubxona fondidagi har
bir kitob o‘z (adresiga) o‘rniga ega, o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitob odatda
kitobxonlar uchun yo‘qotilgan hisoblanadi va u navbatdagi inventarizatsiya
paytida topiladi va o‘z joyiga qo‘yiladi. Bundan tashqari, keyingi paytda
ko‘plab kutubxonalar «ochiq fond» tartibida ishlamoqdalar. Bunday holda
fondlardan kitoblarning yo‘qolishi ko‘payyadi, ya’ni kitoblarni «kitob
o‘g‘rilaridan» himoya qilish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday muammolarni shtrix kod
texnologiyasi hal qila olmas edi.
Fondda,
bevosita har bir kitobga kontaktsiz, ma’lum bir masofadan turib
identifikatsiyalash orqali inventarizatsiya o‘tkazish, inventarizatsiya
jarayonini tezlashtirishning yagona usuli hisoblanadi. Kutubxona fondini
inventarizatsiya qilish bu kutubxonada eng uzoq davom etadigan jarayondir.
Bunda tokchadagi har bir kitob qo‘lga olinib u identifikatsiya qilinadi va o‘z
joyiga qo‘yiladi. Demak, kutubxonadagi har bir kitob qo‘l bilan ushlanib, tegishli
ma’lumotlar taqqoslanib so‘ngra kitob o‘z urniga qo‘ilishi kerak. Kutubxona
fondida 10 000 — 15 000 kitob bo‘lganda bu shni bajarish unchalik qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Ammo, fonddagi kitoblar soni 100 000 — 1 000 000 bo‘lgandachi?
Bunday holda inventarizatsiya bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.
Inventarizatsiya uchun qancha vaqt ketadi? O‘z joyiga qo‘yilmagan kitoblar
odatda, kitobxonlar uchun yo‘qotilgan hisoblanadi, chunki so‘rovni bajarayotgan
kutubxonachi kitobni maxsus shifr bo‘yicha izlaydi, kitobni o‘z o‘rnidan
topmagach, kitobxon so‘roviga rad javobini beradi. Bunday hol katta fondga ega
va «ochiq fond» tartibida ishlayotgan kutubxonalarda ko‘p uchraydi. Chunki
«ochiq fond» tartibida ishlayotgan kutubxonalardan foydalanayotgan
kitobxonlarning kitobni o‘z o‘rniga qo‘ymaslik ehtimoli katta bo‘ladi. Masalan,
Vatikan kutubxonasining «nodir kitoblar» bo‘limi fondida 2 000 000 saqlash
birligi hajmida kitob saqlanadi. Bu yerda o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitoblarni
izlash muammosi juda oson hal qilingan, ya’ni o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitob
faqat navbatdagi invertarizatsiya paytida topilib, o‘z joyiga qo‘yilgan.
Kutubxonaning «ochiq fond» tartibida ishlashining afzalliklari bilan bir
qatorda kamchiliklari ham bor. Bunday tartibda ishlaydigan kutubxonalar fond xavfsizligini
to‘liq ta’minlashlari lozim. Buning uchun shtrix kod texnologiyasidan tashqari,
har bir kitobga o‘g‘rilanishga qarshi metka o‘rnatilishi va kitob berish
kafedrasida bu metkalar faolsizlantirilishi kerak. Bunday holda kitobxonlarga
mustaqil ravishda xizmat ko‘rsatish stansiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
cheklangan bo‘ladi. Shu sababli ham bu sohadagi barcha tajribalar muvofaqiyatga
olib kelmadi. Shunday qilib, kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda
shtrix kod texnologiyalaridan foydalanish ham o‘z imkoniyatlari chegarasiga
yetdi. Mazkur texnologiya bugungi kunda zamonaviy kutubxonalar oldida turgan
muammolarni hal qila olmay qoldi. RFID texnologiyasi shtrix kod
texnologiyalaridagi barcha yutuqlarni o‘zlashtirgan holda, ular yecha olmagan
muammolarni hal qilishga kirishdi. RFID texnologiyasi quyidagi prinsipda
ishlaydi: har bir kitobga radiochastotali metka yopishtiriladi, bu metkada
unikal identifikasion kod saqlanadi va kutubxonaning AKAT dagi aniq bir kitobga
biriktiriladi. Maxsus qurilma yordamida metkalar identifikatsiyalanganda o‘qish
qurilmasi kitob to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda kompyuterga
uzatadi. RFID texnologiyasidagi afzalliklardan biri shundaki, ma’lumotni o‘qish
qurilmasi (rider) bir paytning o‘zida bir necha metkani o‘qiy oladi, bunda
metkalar to‘g‘ridan to‘g‘ri riderning «ko‘rish zonasida» bo‘lishi shart emas,
bu hol kitob berish jarayonini tezlashtiradi.
Ma’lumotlarni
avtomatik ravishda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan skaner qurilmalaridan
foydalanganda, shtrix kod skanerning ko‘rish zonasiga aniq o‘rnatilishi kerak
edi. RFID texnologiyasi yordamida kitob berish va qaytarib olish jarayonlari
avtomatlashtirilganda, kitobxon chiptasini skaner qurilmasi orqali o‘qish, har
bir kitobni alohida qo‘lga olib, uni skaner orqali o‘qishga ehtiyoj qolmaydi.
RFID qurilmasi bir yo‘la bir necha kitobni va kitobxon chiptasini avtomatik
tarzda o‘qiy oladi va kitoblarni kitobxonning elektron formulyariga yozib qo‘ya
oladi hamda berilayotgan kitoblardagi «o‘g‘rilashga qarshi» funksiyani
faolsizlantiradi. RFID texnologiyasini kutubxonadagi inventarizatsiya
jarayonlarini tezlashtirishda muvofaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Bunda stellaj
tokchasidagi har bir kitobni tokchadan olish, undagi shtrix kodni skaner
yordamida o‘qish, kitobni o‘z joyiga qo‘yish operatsiyalari o‘rniga, stellaj
tokchalari yonidan rider qurilmasi bilan bir marotaba o‘tish kifoya qiladi.
Rider tokchadagi barcha kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompyuterga
uzatadi. Umuman olganda, RFID texnologiyasidan foydalanish kutubxonalagi
inventarizatsiya jarayonini 20 martaga qisqartirish imkoniyatini berar ekan.
O‘z
faoliyatini «ochiq fond» tartibida tashkil etgan kutubxonalarda fondni himoya
qilish uchun maxsus RFID eshik o‘rnatilishi kifoya. Bu eshik, kutubxonadan
ruxsatsiz olib chiqilayotgan har bir kitobga nisbatan tovush yoki nurli signal
berish orqali e’tibor qaratadi. Eshik kutubxonaning AKAT ga ulangan holda
kompyuter ekranida kimning qanday kitob olib chiqayotganligi aks etadi. Bunday
holda fondni o‘g‘rilashga qarshi standart metkalar bilan ta’minlashga hamda
bunday metkalarni faolsizlantiruvchi va faollashtiruvchi qurilmalarga ham hojat
qolmaydi. Radiochastotali metka xotirasidagi sektor o‘g‘irlashga qarshi
funksiyani ham bajaradi.
RFID tizimi
ko‘pdan beri jahondagi juda ko‘p kutubxonalarda muvofaqiyat bilan
qo‘llanilmoqda. Bu sohadagi eng yirik loyiha Singapurdagi milliy kutubxonada
amalga oshirilgan. Bu yerda kutubxonani avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi
RFID tizimi asosida amalga oshiriladi. Singapur milliy kutubxonasida RFID
texnologiyasini tatbiq qilishdan asosiy maqsad, kitobxonlarni kutish vaqtini
qisqartirish bo‘lgan. Avval kitobxonlar navbatda turib kitob olishga bir
soatdan ortiq vaqt sarf qilsalar (tig‘iz paytda), RFID texnologiyasini tatbiq qilinganda
bu ko‘rsatkich 10 minutga qadar pasaygan. Kutubxonadan foydalanuvchilar va
qatnovlar soni keskin oshgan.
Albatta,
bunda «ochiq fond» g‘oyasini to‘g‘ri va ilmiy asosda amalga oshirilishining ham
hissasi bo‘lgan.
Kutubxona avtomatlashtirilgan kitob berish va kitoblarni qaytarib olish imkoniyatini beruvchi stansiyalar bilan ta’minlangach, kitobxonlar tomonidan tanlangan kitoblar mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi (kitobxon tomonidan tanlangan kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kitob berish stansiyasi yordamida, kitobxonlarning elektron formulyariga yozib qo‘yiladi). Kitoblarni qaytarib olishga mo‘ljallangan robot-saralagich mustaqil ravishda kitoblarni saralaydi, kutubxonachi esa kitoblarni tokchalaga joylashtiradi xolos.
Vatikan kutubxonasi fondini inventarizatsiya qilishning o‘zoq vaqtga cho‘zili RFID texnologiyasini tatbiq qilishga olib kelgan. Bu kutubxonada inventarizatsiya jarayoni ikki oy davom etib, bu ishga ko‘plab xodimlar jalb qilingan. Kutubxonada RFID texnologiyasini tatbiq qilingach, ko‘p millionli fondni inventarizatsiya qilish, ikki xodim tomonidan bir kunda bajarilgan. Vatikan kutubxonasidagi kitoblarning ko‘pchiligi qadimiy kitoblar bo‘lgani uchun ham ularni o‘z o‘rnidan siljitmay inventarizatsiya o‘tkazish juda muhim bo‘lgan. 2007 yildan boshalb, Germaniyaning Gamburg shahridagi ommaviy kutubxonalarda RFID texnolgiyasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Yillik kitob aylanishi 2 000 000 birlikdan iborat bo‘lgan kutubxonalarda hujjatlarni berish va qaytarib olishni avtomatlashtiruvchi terminallar o‘rnatilishi ko‘zda tutilmoqda. Terminallar dastlab kutubxonaning bo‘limlarida keyinchalik esa markaziy binoda o‘rnatiladi. Loyiha ishlarini boshlash 2007 yilning aprel oyidan va 2008 yilning yoz fasliida uni tugallash mo‘ljallanmoqda. RFID tizimi amaldagi bar-kod tizimi o‘rniga tatbiq qilinadi va u kitob berish va berilgan hujjatlarni qaytarib olish operatsiyalari uchun sarf bo‘ladigan vaqtni qisqartiradi hamda fondni inventarizatsiya qilish, o‘g‘rilashga qarshi funksiyalarni bajaradi. Kutubxonadagi barcha hujjatlarga (kitoblar, jurnallar hamda DVD disklar) 13,56MHz chastotada ishlovchi passiv RFID-metkalar yopishtiriladi. Kitobxonlar kutubxonaning ixtiyoriy bo‘limidagi «ochiq fonddan» o‘zlariga kerakli kitoblarni mustaqil ravishda tanlash va qaytarib topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kutubxonaning markaziy binosida o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 7 ta terminal, 17 ta bo‘limning har birida bittadan terminal o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.

Kitobxon
o‘ziga kerakli kitobni tanlab uni 80x80X60sm o‘lchamli stol ustiga qo‘yadi,
terminal stoliga o‘rnatilgan RFID-o‘qish qurilmasi metkadagi identifikasion
unikal nomerni o‘qiydi va kerakli ma’lumotlarni kompyuterga uzatadi. Kitobni
qaytarib berish operatsiyasi ham xuddi shunday bo‘ladi. Kompyuter tizimidagi
AKAT sensorli ekranda kitobni qaytarib berish to‘g‘risidagi ma’lumotni
tasdiqlanishini so‘raydi. Kitob qaytarib topshirilgach, tizim kitob uchun
o‘g‘rilashga qarshi funksiyani faollashtiradi. Kitobni olgan kitobxon uni
terminal stoli ustiga qo‘ymasa, kitobxon eshikdan chiqish paytida
signalizatsiya ishlaydi. Tanlangan kitob yoki biror bir hujjatni olgan kitobxon
o‘ziga kutubxonadan foydalanish huquqini beruvchi shaxsiy kartasini maxsus
slotga o‘rnatishi lozim. Programma ta’minoti kim tomonidan qanday kitobni
qachon olganligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Oktabr oyidan boshlab,
kutubxona xodimlari hujjatlarni markirovka qilishni boshlaydilar. Har bir
hujjatga o‘zi yopishib qoluvchi kvadrat shaklidagi RFID-metka yopishtiriladi.
Bugungi kunda RFID texnologiyasidan jahondagi juda ko‘plab kutubxonalar foydalanishmoqda. 2006 yilning birinchi yarmida turli tipdagi 250 dan ortiq kutubxonalarda mazkur texnologiyalar tatbiq qilingan. Shunday qilib, kutubxona texnologiyalari avtomatlashtirishda AKAT laridan foydalanish quyidagi kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi:

• kitobxonlar elektron formulyarini yaratish;
• kutubxona elektron katalogini shakllantirish va foydalanish;
• kitoblarga buyurtma berish;
• berilgan buyurtmalarni bajarish;
• turli sabablarga ko‘ra rad etilgan buyurtmalar tahlili;
• kitob berish va qaytarib olishni nazorat qilish;
• fondni butlashga oid masalalar;
• masofadan turib elektron katalogdan foydalanish va buyurtmalar berish;
• korporativ kataloglashtirish;
• kutubxonani boshqarish va boshqalar.
RFID texnologiyasidan foydalanish
AKATlar bajara olmaydigan kutubxonadagi quyidagi:
• mustaqil ravishda (kutubxonachining ishtirokisiz) kitob berish va qaytarib topshirish;
• kutubxona fondini inventarizatsiya;
• o‘z o‘rniga qo‘yilmagan kitoblarni izlab topish;
• kitobni ruxsatsiz kutubxonadan olib chiqishga chek qo‘yish texnologiyalarini avtomatlashtirishga imkon yaratadi.

Foydalanilgan
adabiyotlar
1. Kutubxona
texnologiyalarini avtomatlashtiruvchi tizimlar bozorining tahlili [4.Karimov U.
Elektron bibliografik resurslar yaratish texnologiyasi va manbalari. T.:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2006 . — 194 b.]
2. Umarov A.A. Mamlakat
kutubxonachiligi islohotlar yo‘lida: muammolar va yechimlar// Fan, ta’lim,
madaniyat va biznes sohalarida internet va kutubxona-axborot resurslaridan
foydalanish. To‘rtinchi xalqaro konferensiya materiallari. — T.: Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.-2006.- 10-15 b.].
Internet ma`lumotlari
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
izohli lug'ati, 2004, UNDP DDI:
- O`zbek internet resurslarining katalogi:
www.uz
- Infocom.uz elektron jurnali:
www.infocom.uz
- ww.ziyonet.uz
Комментарии
Отправить комментарий