Axrotlashgan jamiyatda elektron kutubxonalarni o'rni va vazifalari


Axrotlashgan jamiyatda elektron kutubxonalarni o'rni va vazifalari
Elektronlashgan jamiyat haqida tushuncha
Insoniyat hayotida axborot texnologiyalarining ahamiyati kuchayib bormoqda. Hozirgi zamon ta‘lim va fan jarayoniga ana`naviy tushunchalar qatorida yangi-yangi tushunchalar kirib kelmoqda. Shu bilan birga axborot texnologiyalari jamiyatimizning arjalmas bo’lakalaridan biriga aylanib kelmoqda. Jamiyatimizni elektronlashtirish maqsadida elektron hukumat tushunchasi jamiyatimiz hayotiga jadal sur’atlarda kirib kelmoqda.  
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va ta’minlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo’g’inlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar ko’rsatish, o’sha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumattushunchasi 1990-yillarning boshida paydo bolgan, lekin amaliyotga songgi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat biznes (G2B);- hukumat hukumat (G2 G).Ozbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga kora, u ikki ozaro boglangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi ozaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan ozaro ishlashini taminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. 
Elektron kutubxonalar haqida tushuncha  va ulardan foydalanish usullari.
Insoniyat hayotida axborot texnologiyalarining ahamiyati kuchayib bormoqda. Hozirgi zamon ta‘lim va fan jarayoniga ana`naviy tushunchalar qatorida yangi-yangi tushunchalar kirib kelmoqda. Quyida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib, ularga ta‘riflar berib o‘tilgan. Fan va texnika rivojlanishi ta`lim sohasining ajralmas qismiga aylangan kutubxona sohasiga ham o`z ta’sirini ko`rsatmasdan qolmaydi. Buning natijasida an`anaviy kutubxonaga oid terminlar o`rniga zamonaviy ARM va AKM larda qo`llanilayotgan terminlar kirib keldi. Oddiygina kutubxona tushunchasini ham hozirda bir qancha turlarini uchratishimiz mumkin.
Elektron kutubxona — navigatsiya va qidiruvning zamonaviy vositalari bilan ta’minlangan, tartibga solingan turli-tuman elektron hujjatlar (shuningdek, kitoblar) kolleksiyasidir. Elektron kutubxonalar o‘zida juda katta hajmdagi materiallarni jamlagan holda universal hamda ixtisoslashgan bo‘ladi.
Elektron kutubxona zamonaviy texnologiyalarning ajoyib imkoniyatlaridan biri. Bu kutubxonaning elektron shakli. Bunda turli mavzuga, turli shaklga ega adabiyotlarning elektron shakli bo`lib, u qidiruv va navigatsiya algoritmlaridan tashkil topgan bo`ladi.  U asta-sekinlik bilan ma`lumot kiritilayotgan web sayt ko’rinishida, yoki bo’lmasa bir tizim ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Elektron kutubxona universal, keng mavzuli yoki maxsus mavzular uchun yaratilinishi mumkin. Elektron kutubxonada javon vazifasini jildlar, kitob vazifasini esa internet sahifalari bajaradi.Bu kutubxona ma'lumotlari elektron ko`rinishda bo`ladi va ular kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. U orqali Siz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi elektron kutubxona ma'lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni zarur ma'lumot nusxasini ko`chirib olishingiz mumkin. Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va Internet tarmog`i bo`lishi yetarli.
Faraz qilaylik, biror bir ma'lumot bilan tanishish uchun elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida ma'lumotni bir necha daqiqada topish mumkin. Ma'lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir zumda sizning kompyuteringiz ekranida tasvirlanadi. Buning uchun Siz kompyuteringiz tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir necha daqiqada ma'lumot ko`z oldingizda namoyon bo`ladi. Bu mo’jizani eslatadi. Bu mo’jiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topish uchun oylab vaqt sarflash zarur edi. Bugun esa bu maqsadni amalga oshirish uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati yo`qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi: Elektron kutubxona, Virtual kutubxona, e-kutubxona, e-library, digital library.
Keyingi vaqtlarda virtual dunyo, virtual olam, virtual do`st kabi so`zlar paydo bo`ldi. Virtual so`zining ma'nosi bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstrakt ko`rinishidir. Bu kutubxonaning kitoblari, jurnallari va ro`znomalari kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo`ladi. Bu kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma'lumotlar to`plamidir. Bu: bosma audio, video va multimedia ma'lumotlaridir. Ma'lumotlar xajmiga qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog`langan bir necha kompyuterlardan iborat bo`ladi.
G'arb mamlakatlarida, masalan AQShda, kutubxonalarni avtomatlashtirish 60-yillardan boshlangan, kitoblarni kompyuterga kiritish orqali elektron kolleksiyalarni yaratish 1971 yildanoq bajarib kelinmoqda. Bizning mamlakatimizda Internet tarmog'ining 90-yillarning oxiri-2000 yillarning boshidan ommalashishi bugungi kunga kelib bizga elektron kutubxonalarni yaratib, mamlakatimiz aholisi va dunyo ahli bilan alishish imkonini bermoqda. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Kutubxonasining kabi markaziy tashkilotlarning loyihalari, Internet tarmog'ida tashabbuskor vatandoshlarimiz tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan kolleksiyalar bunga misol.
Elektron kutubxonalar tarixiga nazar tashlasak, ilk elektron kutubxonani 1972-yilda “Gutenberg” loyihasi asosida San-Fransiscoda yaratilish ishlari boshlangan.  Keyinchalik AQSH Kogress kutubxonasi, Google kompaniyasi o`z kutubxonalaridagi mavjud resurslarni raqamlashtirishni boshlab yuborishgan.
Elektron kutubxonaga resurslar raqamlashtirilgandan so`ng istalgan formatda qo`yiladi. Masalan, doc, rtf, txt va boshqalar. Ammo mualliflik huquqini himoya qilish uchun ba`zi hollarda pdf va djvu formatlaridan foydalanilgan hollarni ko`rishimiz mumkin.
Elektron kutubxonaga yana boshqa tomondan nazar tashlasak, unda shu tushuncha orqali oliy o`quv yurtlari, kasb-hunar kollajlari, akademik litseylar va boshqa muassasalar ARM lari o`rtasida kutubxonalararo abonementni juda tez, qulay va sifatli darajada amalga oshishiga guvoh bo`lishimiz mumkin.
 Elektron kutubxonaning afzalliklari, zamonaviy xizmatlar turlari quidagilar:
-         Avvalambor, elektron kutubxona foydalanuvchilar vaqtini tejaydi;
-         Elektron kutubxonadan foydalanish jarayonida bir vaqtning o`zida internet resurslaridan ham foydalanishimiz mumkin;
-         Elektron kutubxonada masofadan xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yilgan;
-         Elektron kutubxonada kengaytirilgan qidiruvni amalga oshirishimiz mumkin;
-         Elektron kutubxonada muassasa kutubxonalari bilan birga respublika yig`ma elektron katalogidan foydalanish mumkin;
-         Elektron kutubxonada ma`lum bir shaxs, ma`lum bir soha bo`yicha resurslar to`plami bo`lib ulardan foydalanish qulayroq.
 Shuning uchun ham hozirgi kitobxonlar kutubxonaning an`anaviy usuldan ko`ra elektron kutubxonadan foydalanishni avzal ko`rishmoqda. Buning natijasida hozirgi kunga kelib deyarli barcha soha, barcha mashxur insonlarning elektron kutubxonasi yaratilinmoqda. Eng e`tiborli tarafi shu yaratilingan elektron kutubxonalar bir tizimga joylashtiriladi va bu foydalanuvchilar uchun yana ham ko`proq qulayliklarni olib keladi.
Axborot-kutubxona texnologiyalarining zamonaviy taraqqiyotini elektron axborot resurslarisiz tasavvur qilish aslo mumkin emas. Elektron kutubxona foydalanuvchilarga eng yuqori darajadagi axborot xizmatlarini taqdim etish jarayoni bo‘lib, o‘zida muayan bir tizimli ulanishni, shuningdek, foydalanuvchilar uchun an’anaviy kutubxona xizmatlari nomenklaturasini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishni mujassamlashtirgan kutubxona muassasasining yangi ko‘rinishidir.
 Elektron kutubxona tashkil etish ishlari AQShda XX asrning 80-yillaridayoq boshlangan edi, Buuk Britaniyada esa 90-yillar boshida boshlangan. Odatda bu kabi ishlarni uncha katta bo‘lmagan mutaxassislar guruhi boshlab, keyinchalik bir necha yil davomida ular milliy dastur va xalqaro loyihalar maqomiga ko‘tariladi. Elektron kutubxonani tashkil etishda xorijda ko‘plab fondlar, qiziquvchi xususiy kompaniyalar, insonparvarlik tashkilotlari va hatto yakka shaxslar faol ishtirok etadi.
Bu loyihalarning bajarilish darajasi turlicha bo'lib, bu albatta malakali mutaxassislarning bu jarayonlarda zamonaviy bilimlarni qo'llagan holda ishtirok etganlari yoki etmaganlariga bog'liq. Xalqaro standartlar va muvaffaqiyatli amaliyotlar (best practice) dan xabardorlik va ko'p hollardagi vaziyatni tubdan yaxshilashi muqarrar. Shu maqsad yo'lida elektron kutubxonalar konsepsiyasi, uning tamoyillari va xorijda to'plangan tajribalar xususida so'z yuritamiz.
AQSh universitetlaridan biridagi "Elektron kutubxonalar" kursi talabalari ilmiy adabiyotdan ushbu atamaning 65 ta ta'rifini to'plab, umumiy xususiyatlarni ajratib olishdi.
Unga ko'ra, elektron kutubxona:
·        ma'lum jamoalar yoki jamoalar majmuiga xizmat qiladi;
·        yagona ob'ekt bo'lmasigi mumkin (ya'ni qismlar turi domenlar yoki tashkilotlarga biriktirilgan);
·        barcha qismlar uchun umumiy bo'lgan mantiqiy tashkiliy strukturaga ega;
·        nafaqat erkin foydalanish imkoni, balki ta'limiy komponentlarni o'z ichiga olgan;
·        inson va texnologik resurslardan unumli foydalangan;
·        tez, samarali va to'siqsiz kirishni ta'minlaydi;
·        kirishning turli darajalarini ta'minlaydi (user, contributor, administrator va hok.);
·        bepul foydalanishni taklif etadi (ehtimol foydalanuvchilarning faqat ayrim guruhlariga);
·        resurslarga egalik va nazorat qilish;
·        kolleksiyalar:
·        yirik va uzoq muddatga saqlab kelinadigan;
·        yaxshi tashkillashtirilgan va boshqariladigan (fayllarning mavjud kategoriyalarga to'g'ri kiritilishi, metadata qoidalarga mos shaklda ta'minlanishi va hok.);
·        turli xil formatlarni o'z ichiga olgan;
·        nafaqat ob'ektlar haqida ma'lumot (abstrakt, bibliografik ma'lumot va hok.), balki ularning o'ziga ham ega bo'lishi (kitob, maqola, jurnal va hok.);
·        boshqa yo'l bilan qo'lga kiritib bo'lmaydigan noyob manbalarga ega bo'lishi;
·        ba'zi fayllar raqamli shaklda yaratilgan (ab origine) bo'lishi mumkin.
Elektron kutubxona tushunchasining quyidagi ta'riflari alohida e'tiborga loyiq:
Elektron kutubxonalar shu turdagi tashkilotlarki, ular raqamli asarlar kolleksiyalarini ma'lum bir jamoalar yoki jamoalar majmuiga oson va iqtisodiy jihatdan qulay holda foydalanish uchun taqdim qiladi; saralash, strukturasini tuzish, intellectual yo'l ochish, talqin qilish, tarqatish, to'laligicha saqlab qolish uchun zarur resurslar, shu jumladan, ixtisoslashgan xodimlar bilan ta'minlaydi.
Shuningdek:
1. Raqamli kutubxonalar elektron resurslar majmui bo'lib, axborotni yaratish, izlash va foydalanish uchun zarur texnik quvvatlarni o'z ichiga oladi. Bu ma'noda ular axborot saqlash va qidiruv sistemalarini to'ldiradi va kengaytiradi; distribyutlashgan tarmoqlardan job olib, har qanday ko'rinishdagi media (matn, surat, ovoz, sokin va dinamik suratlar)ni manipulyatsiya qiladi. Raqamli kutubxonaning tarkibida ma'lumotning o'zi va uning turli xossalarini tasvirlaydigan metadata (masalan, aks ettirish (representation) yo'llari, yaratuvchisi, egasi, qayta bo'yicha huquqlar va hok.) va boshqa ma'lumot yoki metadata (tashqi yoki raqamli kutubxona ichidagi)ga bo'lgan link yoki munosabatni ko'rsatadigan elementlardan tashkil topgan bo'ladi.
2. Elektron kutubxonalar foydalanuvchilar jamoasi tomonidan shakllantirilib, ularning funksional imkoniyatlari o'sha jamoaning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ular jamoalarning ajralmas qismi bo'lib, bundagi yakka shaxs va guruhlar bir-biri bilan ma'lumot, axborot va bilim resurslari hamda sistemalari orqali aloqada bo'ladilar. Shu ma'noda elektron kutubxonalar foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun turli resurslar to'planib, saqlanib, va taqdim etib kelinadigan an'anaviy informatsion tashkilotlarning mantiqiy davomi, kengayishi va integratsiyasidir. Shu kabi informatsion tashkilotlar sirasiga kutubxonalar, muzeylar, arxivlar va maktablarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, elektron kutubxonalar sinfxona, ofis, laboratoriya, uy va boshqa o'rinlardagi faoliyatni mazmunan boyitadi.
Yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, tom ma'nodagi elektron kutubxona ko'pchilik fikrlaganidek bir necha o'nlab kitobning elektron versiyasi joylashtrilgan veb-saytdan farqli xususiyatlarga ega. Bu nafaqat tashabbuskor foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar jamoasi tomonidan Wordpress, Joomla yoki boshqa ommabop kontentni boshqarish sistemasi (CMS)ning birlamchi versiyasiga joylashtirib chiqilgan elektron matnlar va hokazo fayllar majmui, balki ma'lum tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislar tomonidan bibliografik imkoniyatlari keng bo'lgan dasturdan foydalangan holda, resurslarni samarali izlab topilishi maqsadida to'g'ri metadata bilan ta'minlangan, doimiy faoliyat ko'rsatishi uchun muntazam ravishda boyitilib, hamda moliyaviy quvvatlanib kelinadigan butun boshli tuzilma hamdir.
Elektron kutubxona yaratish qoidalari
         Axborot-rеsurs markazida (ARM) elеktron kutubxona yaratish uchun ishni nimadan boshlash kеrak? ARM fondidagi adabiyotlarni skanеrlash orqali ularni elеktron shaklga o‘tkazish bilan elеktron kutubxona yaratiladimi? Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi va elеktron kutubxona orasida qanday farq bor? Ma’lumotlarni saqlash va uzatishga mo‘ljallangan qanday format va standartlardan foydalanish kеrak?
Quyida mana shu savollarga javob bеrishga harakat qilamiz.
Dastlab skan
еrlangan adabiyotlarni qanday formatlarda saqlanishini ko‘rib chiqaylik. Adabiyotlarni elеktron shaklga o‘tkazishda ARM’larning ko‘pchiligi oddiy offis skanеrlaridan foydalanishmoqda. Turli o‘lchamdagi hujjatlarni avtomatlashtirilgan holda skanеrlashga mo‘ljallangan skanеrlar juda qimmat bo‘lganligi sababli ARM’larda ularni sotib olishga moliyaviy imkoniyatlar еtarli emas. Kitob bibliografik tavsifi yozilgan kartochkani (rangli, 300 dpi) kompyutеr xotirasida saqlash uchun TIFF — 3, 79 Mеgabayt, JPEG — 187 Kilobayt, PDF — 95 Kilobayt (matn bilan birga), DjVu — 7,5 Kilobayt (matn bilan birga) xotirani egallaydi. Bu yеrdan ko‘rinadiki DjVu formati PDF formatiga qaraganda 10 marta, JPEG formatiga qaraganda 20 marotaba kam xotira egallar ekan. Dеmak, elеktron kutubxona yaratishda hujjatlarni faqatgina skanеrlash emas, balki skanеrlangan matеrialni saqlashda qaysi formatdan foydalanishni ham bilish kеrak ekan. Afsuski, ko‘pchilik hollarda bunga e’tibor bеrilmayapti.
Axborot-rеsurs markazida elеktron kutubxona yaratish uchun ishni nimadan boshlash kеrak?
         1. Axborot-r
еsurs markaziy yеtarli miqdorda kompyutеrlar sotib oladi. ARMda ichki tarmoq yaratiladi. ARM xodimlarining barchasi kompyutеr dasturlaridan foydalanishga o‘rgatiladi. ARM kompyutеrlari Intеrnеt tarmog‘iga ulanadi. ARM xodimlari Intеrnеtdan axborot qidirish, elеktron katalogdan (Intеrnеtning elеktron bibliografik rеsurslaridan) foydalanishga o‘rgatiladi.
         2. ARMdagi asosiy axborot jarayonlari (axborotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov bеrish, qidirish va uzatish) avtomatlashtirish imkoniyatini bеruvchi maxsus dasturiy vosita (avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi) (AKAT) sotib olinadi va tatbiq etiladi. AKAT sotib olish bilan chеklanib qolmay, balki ARM xodimlarini undan foydalanishga o‘rgatish ham kеrak bo‘ladi. ARMda AKAT’ning tatbiq qilinishi ARM fondini ochib bеruvchi elеktron katalog yaratilishiga olib kеladi. Kitob bеrish, qaytarib olish, «qarzdorlarni» aniqlash, kutubxona statistikasini yuritish, kitobxonlarga masofadan xizmat ko‘rsatish kabi bir qator jarayonlar avtomatlashtirilgan tarzda kompyutеrlar yordamida bajariladi.
         3. ARM fondini elеktron katalog yordamida ochib bеrish imkoniyati yaratilgach, kitobxonlarning ehtiyojlarini o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. ARM statistikasini AKAT orqali olib borish qaysi adabiyotlarning ko‘proq o‘qilayotganligi, qaysi adabiyotlarga ehtiyoj ko‘pligini aniq aytish imkoniyati tug‘iladi. Shunday qilib, ARM fondidagi adabiyotlarni elеktron shaklga o‘tkazishda kitobxonlarning ehtiyojlaridan kеlib chiqib, ish tutishga sharoit yaratiladi. ARM maxsus skanеr sotib oladi va kеrakli adabiyotlarni elеktron shaklga o‘tkaza boshlaydi. Ayni paytda AKAT elеktron katalogidagi bibliografik tavsifga kitobning to‘liq matni bog‘lanadi.
Shunday qilib, ARMning AKAT bazasida elеktron kutubxona yaratila boshlanadi. Elеktron katalogsiz «elеktron kutubxona» yaratish maqsadga muvofiq emas. Masalan, Intеrnеtning biror-bir qidiruv mashinasiga «Informatika» so‘zi ishtirok etgan adabiyotni qidirish farmoyishini bеrib ko‘ring. 7 000 000 dan ko‘p axborotga ega bo‘lasiz. Bunday katta axborotlar oqimidan o‘zingizga kеraklisini topa olasizmi? Vaqtingiz yеtarmikan? Elеktron kutubxona uchun elеktron katalog qidirish samarasini oshirish uchun kеrak bo‘ladi.
         Virtual kutubxona qanday yaratiladi? Ko‘pincha kompyutеrlashtirilgan kutubxona, avtomatlashtirilgan kutubxona, raqamli kutubxona, elеktron kutubxona, virtual kutubxona tushunchalarini aralash holda ishlatishning guvohi bo‘lamiz. Virtual kutubxona bu elеktron kutubxonalar majmuining axborot-kommunikatsiya vositalari orqali birlashtirishdan hosil bo‘ladi. Tarmoq orqali ixtiyoriy elеktron kutubxonadan foydalanish virtual kutubxonadan foydalanish bo‘ladi. Shunday qilib, ARMda elеktron kutubxona yaratish bosqichlari quyidagicha:
1. Kompyutеrlashtirilgan kutubxona.
2. Avtomatlashtirilgan kutubxona.
3. El
еktron (raqamli) kutubxona.
4. Virtual kutubxona.
5. El
еktron kutubxonaning elеktron katalogi.
Elеktron katalog elеktron kutubxonaning asosiy elеmеnti hisoblanadi. Elеktron katalogi bo‘lmagan «elеktron kutubxonani» elеktron kollеktsiya» ham dеb atash mumkin.   Elеktron kutubxona fondi elеktron shakldagi rеsurslardan iborat bo‘lgani sababli elеktron rеsurslar tavsifini tuzishga mo‘ljallangan «Dublin yadrosi» mеtama’lumotlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
         Ma’lumki an’anaviy kutubxona katalogi kutubxona fondidan alohida joyda saqlanadi va katalog kitoblar fondini kitobxonga ochib bеrishga xizmat qiladi. Kitobxon katalogdan foydalanishi uchun kutubxonaga borishi kеrak. Elеktron kutubxonaning elеktron katalogining har bir elеktron kartochkasi elеktron kutubxonadagi har bir hujjatga bog‘langan bo‘ladi va unga masofadan kirish mumkin. Dеmak, elеktron kutubxonaning elеktron katalogi elеktron kutubxona fondidagi elеktron rеsurslar tavsifini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
         Rivojlangan mamlakatlar kutubxonachilik ishida elеktron rеsurslar tavsifini yaratishda «Dublin yadrosi» mеtama’lumotlaridan foydalaniladi. Intеrnеt rеsurslarini ham mazkur mеtama’lumotlardan foydalanib yaratish, ularni tarmoqda qidirish imkoniyatini kеngaytiradi va Intеrnеtning chеksiz axborotlar ummonidan kеraklisini topishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida «Dublin yadrosi» mеtama’lumotlari elеktron rеsurslar tavsifini yaratishda qo‘llaniladi.
Elektron kutubxona imkoniyatlari:
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonaga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega:
  • joy tejalishi, ya'ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joy zaruriyatining yo`qligi;
  • nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatini mavjudligi;
  • foydalanishning qulayligi va yangiligi;
  • qidiruv tizimlarining mavjudligi;
  • ma'lumotlar xajmining cheklanmaganligi;
  • ma'lumotni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirilishi;
  • vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya'ni undan 24 soat mobaynida foydalanish mumkinligi;
  • qo`shimcha  xizmatlarning mavjudligi.
Elektron kutubxonalarning o’rni va vazifalari
Albatta jamiyatimiz taraqqiy etib elektron qurilmalar va axborot texnologiyalar hayotimizga kirib kelishi munosabati bilan elektron kutubxonlarga ham ehtiyoj sezila boshlaydi. Elektron kutubxonalar hozirgi elektronlash jamiyatimizda muhim o’rin egallab kelmoqda.Shu o’rinda aytishimiz joizki hozirgi paytda electron manbalarga bo’lgan ehtiyoj ortishi bilan elektron kutubxonalarni hayotimizdagi o’rni yuksalib bormoqda. Bugungi kunda elektron qurilmalar shuningdek smartfon, kompyuter, notebooklardan foydalanmaydigan odamlarni juda ham kam uchratamiz. Ushbu qurilmalar oraqali biz kitoblarni va o’zimizga kerakli ma’lumotlarni elektron shaklda olib yurishimiz va undan istalgan vaqtda foydalanishimiz mumkin.
Shu o’rinda elektron kutubxonalarni vazifalari haqida gapiradigan bo’lsak kutubxonalar qanday vazifalarni bo’lsa elektron kutubxona ham electron tarzda bizga kutubxona bajaradigan vazifalarni bajarib beradi. Bunda kitoblarning virtual olamida siz o’zingiz izlagan ma’lumotlarni tez, oson va qulay tarzda topishingiz mumkin.
         Shu o’rinda biz kutubxona miqyosida oladigan bo’lsak electron kutubxona vazifalarini elektron kutubxona sektori tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Elektron o’quv zali sektorining asosiy vazifalari
         Turli harakterdagi axborot resurslariga ruxsatni taminlaydi, Kutubxonaning electron katalogi va boshqa tashkilotlarga, lokal tarmog’dan va internet tarmog’idan foydalangan holda.
         Kutubxonaning foydalanuvchilariga zamonaviy kompyuter tehnologiyalari bilan, electron resusrlari bilan, axborot tushvchi electron katalog bilan ishlashni taqdim etadi.
         Elektron resurslar fondini to’ldirishda va tashkil etishda bibliografik ba’zani yaratishda, dasturlarni o’tkazishda, electron kitoblar, lug’atlar, ensklopediyalar va boshqa elektron resurslar bilan ishlashni taqdim etadi.
         Kompyuterning ish faoliyatini va ofis jihozlarini faol ish jarayonida ushlab turishini taminlaydi.
         Bundan tashqari elektron kutubxona sektori xodimlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
         Foydalanuvchilarga axborot texnologiyalari yordamida xizmat ko’rsatish
-        Ma’lmotlarni chop etish;
-        Nusxa ko’chirish;
-        Ma’lumotlarni skanerlash;
-        Mavzuga oid ma’lumotlarni tayyorlab berish;
-        Internetdan ma’lumot topib berish.
            Elektrn ma’lumotlar bazasini yaratish uchun ma’lumotlarni to’plash va qayda ishlash:
-         ZiyoNet ilmiy ta’lim tarmog’i;
-         Internet;
-         Axborot tashuvchilar.
         AKM jamg’armasiga yangi olingan kitob va jurnallrni electron ko’rgazma uchun skanerlash va electron ko’rgazmalar tashkil etish:
-         Yangi adabiyotlar;
-         Yangi matbuot ishlari;
-         Ilmiy amaliy maqolalar.
            AKM xodimlari va foydalanuvchilarni electron kutubxonalardan foydalanish qoidalariga o’qitish:
-         Kompyuter bilan ishlash;
-         Internetdan ma’lumota iszlash va olish;
-         Ma’lumotni axborot tashuvchilarga saqlash.

         Demak, elektron kutubxona - turli ma'lumotlar jamlangan Internet sahifalaridir. Bu sahifa kutubxonalardagi maxsus markaz mutaxassislari tomonidan ma'lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritish va yig`ish orqali tayyorlanadi. Ya'ni ma'lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona xajmi kengayib boradi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Axborot-kutubxona faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rni va ulardan foydalanish