Axborot-kutubxona markazida xizmat ko‘rsatishda saytlardan foydalanish
Axborot kutubxona mazkazida web sayti kitobxonlar va kutubxonada
faoliyat yuritib kelayotlar xodimlarga ko’rsatadi. Sayt haqida tushinchaga ega bo’lish uchun web
sayt tushunchasiga biroz to’xtalib o’tsak.
Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa
birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. WWW ya’ni World
Wide Web internetning bir qismi bo`lib, butunjahon o`rgimchak to`ri ma’nosini
anglatadi. WWW da axborot maxsus sahifalarda, ya’ni veb-sahifalarda joylashadi.
Veb-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko`rinishdagi
axborotlarni joylashtirish mumkin. Bitta tashkilot yoki xususiy
shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Veb-sahifalar
majmui Veb-sayt deyiladi.
Veb-saytni kitobga, Veb-sahifani esa kitobning sahifasiga o`xshatish mumkin.
Veb-saytdagi Veb- sahifalar o`zaro gipermatn yordamida bog`lanadi. Gipermatn
Veb-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Veb- sahifaga bog`liqligini
ko`rsatuvchi bo`lib, u so`z yoki rasm ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gipermatn
yordamida Veb-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Veb-sahifaga tez va oson
o`tiladi, bu hol kerakli qism yoki Veb-sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Veb-
saytlar ham, Veb-sahifalar ham Veb-server deb ataluvchi Internetga ulangan
maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z manziliga ega bo`ladi.
Hozirgi kunda saytlar orqari xizmat ko’rsatish elektron
kutubxona misolida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Elektron kutubxona-Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu
kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda, odatda, ko`plab
kitoblar terib qo`yilgan , uzun, katta javonlar joylashgan xonalar ko`z
oldimizga keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini jildlar,
kitoblar vazifasini esa Internet saxifalari bajaradi. Bu kutubxona
ma'lumotlari elektron ko`rinishda bo`ladi va ular kompyuterda joylashadi. Bu
kutubxonadan foydalanish juda qulay. U orqali Siz dunyoning ixtiyoriy
nuqtasidagi elektron kutubxona ma'lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin.
Yana bir qulay tomoni zarur ma'lumot nusxasini ko`chirib olishingiz mumkin.
Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va Internet
tarmog`i bo`lishi yetarli.
Faraz qilaylik, biror bir ma'lumot bilan tanishish uchun elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida ma'lumotni bir necha daqiqada topish mumkin. Ma'lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir zumda sizning kompyuteringiz ekranida tasvirlanadi. Buning uchun Siz kompyuteringiz tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir necha daqiqada ma'lumot ko`z oldingizda namoyon bo`ladi. Bu mujizani eslatadi. Bu mujiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topish uchun oylab vaqt sarflash zarur edi. Bugun esa bu maqsadni amalga oshirish uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati yo`qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi: Elektron kutubxona, Virtual kutubxona, e-kutubxona, e-library, digital library.

Elektron kutubxona imkoniyatlari
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonaga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega:
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonaga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega:
- joy tejalishi, ya'ni kitoblarni saqlash uchun
maxsus joy zaruriyatining yo`qligi;
- nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan
foydalana olish imkoniyatini mavjudligi;
- foydalanishning qulayligi va yangiligi;
- qidiruv tizimlarining mavjudligi;
- ma'lumotlar xajmining cheklanmaganligi;
- ma'lumotni audio, video va kompyuter grafikasi
yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirilishi;
- vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya'ni
undan 24 soat mobaynida foydalanish mumkinligi;
- qo`shimcha xizmatlarning mavjudligi.
- Demak, elektron kutubxona -
turli ma'lumotlar jamlangan Internet sahifalaridir. Bu sahifa
kutubxonalardagi maxsus markaz mutaxassislari tomonidan ma'lumotlarni
muntazam ravishda kompyuterga kiritish va yig`ish orqali tayyorlanadi.
Ya'ni ma'lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona xajmi kengayib boradi.
- Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin. Buning
uchun kutubxona manzilini Adres maydoniga yozishingiz zarur. Odatdagi
kutubxona singari elektron kutubxona ma'lumotlari xam mavzu yoki alfavit
bo`yicha tartiblanadi. Shuning uchun zarur ma'lumotlarni shu tartibda
topish mumkin. Virtual kutubxona haqida batafsil ma'lumot bilan
quyidagi http://vlibrary.freenet.uz saxifasida
tanishishingiz mumkin.
- Hozirgi kunda elektron kutubxonalar son
sanoqsizdir. Kutubxonalar, universitetlar, ba'zi tashkilotlar o`z elektron
kutubxonalariga ega. O`zbekistonda ham shunday kutubxonalar mavjud. Quyida
ba'zi elektron kutubxona manzillari va tavsifini keltiramiz.
- Kongress virtual kutubxonasi. http://Icweb.lok.gov -
Kongress kutuvxonasining elektron kurinishi bo`lib, u dunyodagi eng yirik
virtual kutubxonalardan biridir. Kongress kutubxonasi 1800 yili 24 aprelda
tashkil etilgan. Unda 115 milliondan ziyod kitob va xujjatlar yigilgan.
Virtual kutubxonada tarixga oid ma'lumotlar, turli kollektsiyalar, rasmlar
axborotlar, yangiliklar mavjud. Bu kutubxona bo`ylab sayr qilganingizda,
unga mujassamlashgan obidalarning uzoq tarixiga safar qilgandek bo`lasiz.
- WWW Virtual kutubxonasi. http://www.vlib.org -
WWWVirtual kutubxonasi turli-tuman ma'lumotlarni o`z ichiga oladi: qishloq
xujaligi, iqtisod va biznes, kompyuter texnologiyalari, aloqalar, axborot
va jurnalistika, o`qish, qonunlar, ilm - fan va hokazolar.
Kutubxonaning quyidagi
bo`linmalari xam mavjud: Pensilvaniya Davlat Universiteti (USA), Buyuk
Britaniya (UK), Shveytsariya (Switzerland) va Argentina. Kutubxonada
alfavit bo`yicha so`z va jumlalar bo`yicha qidirish tizimi mavjud.
- Gpo Access. http://gpo.gov - US
Goverment Printing Office markazi millionlab ma'lumotlarni o`zida
mujassamlagan. Unda siz AQSHdagi turli tuman hujjatlar, kitoblar,
yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000.000
ta xujjat bilan to`ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron
ma'lumotlar bo`linmasi bajaradi. Maslahatlar va buyurtmalar telefon va
elektron pochta orqali bajariladi. Kuniga bir necha minglab
foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat va
shaxsiy korxonalar keng foydalanadilar.
- Ushbu kutubxonada bolalar uchun maxsus bo`linma
mavjud bo`lib, bu bo`linmada bolalar o`ziga zarur va qiziqarli
ma'lumotlarni olishi mumkin. Bo`lar: tarix, qonunlar, o`qishga oid zarur
to`plam va ma'lumotlardir. Bu bo`linmaning nomi - AQSH hukumatining
bolalar uchun sahifasi. (Ben`s Guide to the US goverment for kids),
manzili - http://bensguide.gpo.gov. Marketing
va reklama bo`limi kutubxona kataloglarini ishlab chiqadi va ularni dunyo
bo`ylab tarqatadi.
- Virginia Commonwealth University. http://vcu.library.edu - Virginia
Commonwealth University elektron kutubxonasi. Bu kutubxona universitetning
elektron kutubxonasdir. Bu kutubxona o`zida ko`pgina kitoblar, maqolalar,
jurnallar, audio va video ma'lumotlarni mujassamlashtirgan. Kutubxona
barcha konferentsiyalar, anjumanlar va ma'ruzalar haqidagi ma'lumotlarni
muntazam e'lon qilib turadi.
- Vashington Universiteti Virtual
Kutubxonasi. www.library.wustl.edu -Ushbu
kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma'lumotlar mavjud: san'at va
arxitektura, ilm-fan, tibbiyot, qonunlar va hokazolar. Kutubxonaning
qidirish tizimi mavjud. Kutubxona ma'lumotlarga buyurtmalar qabul qiladi.
- Rossiya Milliy Elektron kutubxonasi. http://www.nnc.ru - Dunyodagi
eng yirik ommaviy axborot vositalarining rus tilidagi elektron
to`plamidir. Unda matbuotdagi nashrlar, turli xil ma'lumotlar keltirilgan.
Ma'lumotlar 2.500 dan ko`p Moskva, Rossiya mintaqalari, MDX va Boltiq
bo’yi davlatlari axborot manbalaridan olinadi va doimo yangilanib
turiladi. Kutubxonaga kuniga 6.500 dan ortiq xujjatlar kelib tushadi va
ular to`la xajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4.000.000 dan ortiq
xujjatlar yigilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma'lumotlarni
so`z va iboralar bo`yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxona bilan
istalgan vaqtda shug’ullanish mumkin. Kutubxona manbalaridan tijoriy
usulda foydalanish mumkin. Kutubxona Rossiyadagi eng yirik ommaviy,
siyosiy va yangiliklar serveri hisoblanadi.
- Moliyaviy axborotlar Agentligi Virtual
Kutubxonasi 2000 yilda Yivroosiyo fondining moliyaviy ko`magi yordamida
tashkil etildi. Virtual Kutubxona biznes-jurnalistlar va ommaviy axborot
vositalari mutaxassislarini axborot bilan ta'minlash uchun yaratilgan.
Kutubxona axborot olish, yig`ish va uzatish uchun zamonaviy kompyuter va
axborot vositalari bilan ta'minlangan. Virtual kutubxona kitobxonlariga
respublikamizda va xorijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar, xamda
iqtisodiy jarayonlar haqida ma'lumotlar olish uchun maxsus to`plamlar
yaratilgan.
Kutubxona bilan qanday
ishlash mumkin?
Demak, yuqorida aytib o’tganimizdek
elektron kutubxona resurslari kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu
kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘lib, kompyuterda raqamli
formatda, maxsus kompyuterlar — Serverlarda joylashadi. Elektron kutubxonadan
foydalanish uchun kompyuter, modem va internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Biz
esa shu kutubxona joylashgan internet manzilini bilsak kifoya. Elektron
kutubxonada mas’ul mutaxassislar ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga
kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona
hajmi kengayib boradi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning
uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter javonlaridan o‘zingiz qidirasiz.
Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin? Buning uchun kompyuteringiz brauzerida kutubxona manzilini yozishingiz kerak. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona ma’lumotlari mavzu yoki alifbo bo‘yicha tartiblanadi.
ZiyoNET portali ham foydalanuvchilar uchun elektron kutubxona imkoniyatini taqdim etadi – buning uchun portalning “Kutubxona” bo‘limiga kirsangiz kifoya. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portal kutubxonasidan 7000 ga yaqin turli hajmdagi va turli ko‘rinishdagi ilmiy axborot resurslari joy olgan. Ular asosan yurtimiz oliy o‘quv yurtlari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa turli ta’lim muassasalarida xamkorlik qilib kelayotgan 400 ga yaqin mas’ullar ko‘magida jamlanganini alohida e’tirof etish lozim. Eng muhimi, adabiyotlarning aksariyati o‘zbek tilidadir.
Kutubxonada jamlangan adabiyotlar 9 ta yirik guruh toifasida tasniflanadi. O‘z-o‘zidan har bir guruh kichik bo‘linmalarga ham bo‘linadi. Guruhlar quyidagilar:

- matematika va tabiiy fanlar ta’limi;
- texnika va texnologiyalar yo‘nalishi ta’limi;
- tibbiyot va farmatsevtika ta’limi;
- ijtimoiy-gumanitar ta’lim;
- iqtisodiyot va boshqaruv yo‘nalishi ta’limi;
- madaniyat va san’at yo‘nalishi ta’limi;
- yuridik ta’lim;
- pedagogik ta’lim;
- harbiy ta’lim.
Siz
yuqoridagi bo‘limlardan o‘zingizga keraklisiga kirishingiz va adabiyotlarni
ko‘zdan kechirib chiqishingiz mumkin. Har bir adabiyotni ko‘chirib olib, ko‘z
yugurtirib chiqish odatda ma’lum vaqt talab etadi. Ustiga-ustak shu mavzuda
adabiyotlar ko‘p bo‘lgan taqdirda aynan keraklisini ajratib olish uchun yana
vaqt zarur. Bunda vaqtni tejashning oson yo‘li bor – siz adabiyotlar ro‘yxatida
xar bir adabiyotga yozilgan qisqa sharhlar ko‘magida darrov o‘zingizga keraklisini
tanlashingiz mumkin.
Zarur
adabiyotni tezroq topishning yana bir oson yo‘li — portalning boshqa
bo‘limlarida bo‘lgani kabi, “Kutubxona” bo‘limida ham qidiruv tizimi mavjud.
Qidiruv maydoniga o‘zingizga zarur adabiyot nomini yoki mavzuni yozasiz hamda
qidiruvga buyruq berasiz. Sanoqli soniyada tizim topilgan adabiyotlarni
e’tiboringizga taqdim qiladi. Eng muhimi, siz mazkur ilmiy resurslarni nafaqat
ko‘zdan kechirish yoxud o‘qish, balki ko‘chirib olish imkoniga xam egasiz.
Sayt orqali yuritilayotgan elektron kutubxonani
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektron kutubxonasida ko’rishimiz
mumkin.
TATU elektron
kutubxonasi
2001 yil kuz oylarida TATU kutubxonasida O`zbekiston pochta va telekommunitsiyalar agentligi tomonidan berilgan birinchi kompyuterlar olingandan so`ng elektron kutubxona yaratilishi boshlandi. Universitet rektorati an`anaviy kutubxonaga qo`shimcha maydon (488 kv.m) ajratgan so`ng asosiy qismi ko`chib o`tdi, bo`shagan xonalarga elektron kutubxona joylashtirildi.
2001 yil 26 oktyabrda birinchi elektron kutubxona qiroatxonasi ochildi. Unda 20 ta Pentium-I kompyuterlari o`rnatildi, ulardan biri server uchun ajratildi. 2002 yil 25 martida 20 ta kompyuterli talabalar uchun ikkinchi qiroatxona, hamda o`qituvchi va xodimlar uchun zallar ochildi. 2002 yil "EdNet ta`lim tarmog`i" dasturi granti asosida Pentium-III serveri printer bilan olindi.
Hozirgi paytda Elektron kutubxona LCD-monitorli Pentium-IV kompyuterlari bilan jihozlangan 4 ta zalni o`z ichiga olgan: 3 ta zal talabalar uchun (bakalavr va magistrlar uchun) (60 kompyuter) va 1 zal o`qituvchilar uchun (8 kompyuter). Tarmoqdagi ish ikkita server orqali ushlab turiladi. Elektron kutubxonaga kun mobaynida 260 tagacha bo`lgan kitobxon kiradi. EK ishlari olib borilishi foydalanish qoidalari da to`liq berilgan.
EK qiroatxonalaridan foydalanuvchilar quyidagi manbalardan foydalanishligi mumkin:
Elektron katalog kutubxonaning an`anaviy va elektron manbalari tavsiflangan 37.000 dan ortiq yozuvlarni o`z ichiga olgan. Bugungi kunda elektron katalogga universitetda o`qitiladigan mutaxassisliklarga oid barcha adabiyotlar kiritilgan. Hozirda asosan yangi keltirilgan va badiiy adabiyotlarni kiritish ishlari olib borilmoqda.
Ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar universitet o`qituvchilari tomonidan ishlangan (19 yanvarcha: 215 nom o`zbek tilida, 252 - rus tilida va 3 - nemes tilida);
Elektron darslik, universitet o`qituvchilari tomonidan yaratilgan (38 nomda) va informatsion texnologiyalar bo`limi (38 nomda).
Elektron turdagi kitoblar, noyob turdagi kitoblarning to`liq matni 115 nomdan ortiq.
EBCSO Publishing, SpringerLink, Oxford University Press, The Royal Society of London va Integrum (Russia Online) elektron jurnallarning to`liq matnli ma`lumotlar bazasi ingliz, rus va boshqa tillarda bo`lgan 18.000 chet el jurnallar va gazetalarni o`zida qamrab olgan;
Kitoblarning to`liq matnli ma`lumotlar ombori Internet tizimi orqali yig`ilgan (955 nom) (dasturlash, ma`lumotlar ombori, tarmoqlar va x. k., badiiy adabiyotlar), hamda ba`zi bir ko`p so`raladigan kitoblarning elektron nusxasi (99 nom). Ularga kirish Web-sahifa orqali bajariladi;
Virtual mavzuli ko`rgazmalar, kutubxonada mavjud bo`lgan dolzarb yo`nalishlardan bo`lgan pedogogika, psixologiya, masofadan o`qitish, uyali va sputnik aloqa mavzulari bo`yicha adabiyotlarni tashkil etadi. Virtual ko`rgazmada o`quvchilar tanlangan mavzularidagi yangi kitoblarni yaqqol ko`rishlari mumkin.
Internet. Qiroatxonalardagi barcha kompyuterlarda Internetga kirish imkoniyati bor (tezlik 512 kb/s). Kutubxonachilar tomonidan O`zbekistonning, hamda boshqa davlatlarning foydali manzillar web-manbalari tayyorlangan va saytga kiritilgan.
Disketalarni, CD- va DVD-disk o`quvchilar o`z uylariga olib, o`zlarining shaxsiy kompyuterlarida foydalanishlari mumkin.
Kutubxona saytida barcha ma`lumotlar bo`limlarga bo`lingan, ular uchun qidiruv tizimi ishlamoqda.
Universitet resurslarining katta qismi Internet foydalanuvchilar uchun quyidagi manzilda mavjud: http://library.tuit.uz.
Har yili kutubxona va uning resurslari xaqida 1-kurs talabalari uchun (1 para) dars o`tiladi. Dars rejasi:
ARM ning umumiy ma`lumotlari
Foydalnish qoidalari
Elektron katalog
To`liq matnli manbalar (kitoblar, jurnallar, ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar) Kutubxona saytidagi foydali manbalar.

Комментарии
Отправить комментарий