ISBN kitob belgisi




Kitob belgisi - 1) kitobning shartli belgisi; kitobning cap (titul) varagʻi pastki chap qismiga nashriyot tomonidan qoʻyiladigan belgi; kitobni joylashtirish, nomma-nom hisobga olish, kitob doʻkonlarining bibliografik ishlarida va boshqa kitob savdosi jarayonlarida zarur boʻlgan bir qator qismlardan tarkib topadi.
Mas: Sh. Shomuhamedovning "Shoh kitob va uning muallifi" risolasiga quyidagi shartli belgi qoʻyilgan: Sh- 4702620201-116 M352(04)-92 qatʼiy buyurtma 91.
Bunda: Sh — mualliflik belgisi (muallif familiyasining yoki kitob nomining bosh harfi); bu ushbu kitobning bibliografik tasviri "SH" harfi bilan boshlanadi, kitobni va uning tasviri yozilgan kartochkani alifbo boʻyicha "SH" harfiga joylashtirish lozimligini koʻrsatadi. 4702620201 — "Kitob nashr qilish uchun adabiyotlarni tasniflashning yagona jadvali"dagi kitobni kitob javonidagi oʻrnini aniqlashga, kitoblarni nomma-nom hisobga olishda guruhlarga ajratishni yengillashtirishga, roʻyxatga olishda va h.k.da yordamchi belgidir; 116 — nashriyot chikargan kitoblarning tartib raqami; M 352 — bu Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa birlashmasining belgisi; 04 — shu nashriyot boʻysunuvchi muassasaning belgisi; 92 — kitobning nashr qilingan yili; qatʼiy buyurtma 91 — shu nashriyotning 91 yilgi rejasidagi kitobning roʻyxatga olingan raqami; 2) kitobning xalqaro standart raqami (ISBN, International standard book number) — xalqaro kutubxonachilik-bibliografik tashkilotlarda roʻyxatga olinadigan nashrlarga beriladigan maxsus belgi; ISBN tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Xalqaro va milliy matbuot agentligi tomonidan har bir kitobni aynan tenglashtirish maqsadida beriladigan ISBN harflardan va defis yordamida 4 guruhga ajratilgan 10 sonli koddan iborat: Mac: 5—635—01092—XKitob Oʻzbekistonda nashr qilingan (Oʻzbekiston davlat kodi 5), Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi tomonidan nashr etilgan (nashriyot kodi 635); kitob sarlavhasi 01092 tartib rakami bilan maxsus roʻyxatdan aniqlanishi mumkin. Oxirgi "X" harfi nazorat belgisi; uning yordamida ISBN toʻgʻri tuzilganligi tekshiriladi. Ayrim kitoblarda ISBN bir nechta berilishi mumkin, bu holda shu davlat nashrining xalqaro raqami koʻrsatiladi.
Turkum (seriyali) nashrlarning Xalqaro standart raqami (ISSN — International standard serial number) ishlab chiqilgan va tasdikdangan. Standartlashtirish boʻyicha Xalqaro tashkilot bilan kelishilgan holda har bir turkumli nashr (uning har bir soni, jildi)ga beriladi, u ham raqamli koddan iborat, maʼlumotlarga mashinada ishlov berishda nashrlarning nomini aynan tenglashtirishga imkon beruvchi 8 rakamdan tashkil topadi.



Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Axrotlashgan jamiyatda elektron kutubxonalarni o'rni va vazifalari

Axborot-kutubxona faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rni va ulardan foydalanish