“Axborot kutubxona markazida web sayt yaratish”


Axborot kutubxona mazkazida web sayti kitobxonlar va kutubxonada faoliyat yuritib kelayotlar xodimlarga  xizmat ko’rsatadi. Web sayt yaratishda uning dizayni va bo’limlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Bundan tashqari sayt davlat ta’lim statdartlariga javob beradigan va unda ushbu kutubxonaga tegishli umumiy ma’lumotlar bo’ladi.
Axborot kutubxona mazkazida web saytida quidagi bo’limlar va ma’lumotlar bo’lishi foydalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratadi:
Bosh sahifa – bu bo’lim foydalanuvchi saytga tashrif buyurganda birinchi bo’lib ko’rinadigan qismi hisoblanadi va bu sahifa kutubxona haqida tasavvurni shakllantiradi.Sayt yaratuvchini o’zini hohishiga qarab bu sahifada qisqacha yangiliklar, interaktiv xizmatlar,foydali havolalar kabi bir qator ma’lumotlar bo’ladi;
Kutubxona tarixi – bu sahifada kutubxona oshilgandan boshlab xozirgi vaqtgacha  bo’lgan kutubxona haqida ma’lumotlar bo’ladi;
Rahbariyat – bu sahifada rahbariyat haqida ma’lumotlar bo’ladi;
Bo’limlar – bu sahifa kutubxonada mavjud bo’limlar va ularning vazifalari haqida ma’lumotlar bo’ladi;
Rahbariyatga murojat – bu sahifa orqali foydalanuvchilar rahbariyatga murojat qilishlari mumkin;
Me’yoriy hujjatlar – bu bo’limda axborot kutubxona mazkazlari to’g’risida Prezident va Vazirlar mahkamasi qarorlari va farmonlari kiradi;
AKM faoliyati – bu bo’lim o’z ichiga bir nechta sahifalarni olishi mumkin:
Hamkorlar – kutubxona hamkorlari haqida batafsil ma’lumot;
Bo’sh ish o’rinlari – kutubxonadagi mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlari shuningdek bu ish o’rinlariga bo’lgan talablar haqida ma’lumotlar;
Sayt xaritasi – bu sahifa orqali foydalanuvchi qidirayotgan ma’lumotlarini oson topib olishi mumkin;
Saytda foydalanish – bu sahifada saytdan foydalanish qonun qoidalari keltirilgan bo’ldi;
Manzil – ushbu sahifa orqali kutubxonani joylashgan joyi hamda uni topib borish haqida ma’lumotlarlar bo’ladi;
Mutahassislarga – ushbu bo’lim mutahassilar uchun mo’ljallangn bo’ladi va bu bo’limlada ilmiy uslubiy qo’llanmalar, biografik qo’llanmalar, maqolalar, yilning muhim sanalari, yangi adabiyotlar kabi sahifalar mavjud bo’ladi va ushbu sahifalarda ular haqida batafsil ma’lumotlar foydalanish uchun tarzda berilgan bo’ladi;
Kitobxonlarga – ushbu bo’lim kitobxonlar uchun mo’ljallangan bo’lib unda kutubxonaga a’zo bo’lish, ko’rsatiladiagan xizmatlar, saytdan foydalanish qoidlari, yangi adabiyotlar kabi qator sahifalar va ushbu sahifalarga tegishli ma’lumotlar bo’ladi;
Interfaol xizmatlar – ushbu bo’limda fuqarolarning murojati, kutubxonachidan so’rang, elektron buyurtma berish, masofadan turib kutubxonaga a’zo bo’lish kabi xizlatlar mavjud;
Foydali havolalar – bu bo’limda kutubxona sohasiga tegishli va hamma uchun foydali bo’lgan foydali resurslar va xizmatlar keltirilgan bo’ladi. Misol tariqasida yagona interaktiv davlat xizmatlari, O’zbekiston Respublikasi ochiq malumotlar portal, Ozbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika axborot kutubxona markazi kabilarni keltirish mumkin;
Shuningdek saytlarda kutubxonaga keladigan yangi adabiyotlar, tadbirlar, ko’rik tanlovlar kabi kutubxona yangiliklari muntazam ravishda berilib borishi kerak.
Bundan tashqari saytlarni yaratishda dizayniga, uning har bir elementlarini rangiga e’tibor berish talab qilinadi, chunki ranglar insonni ruhiyatiga katta ta’sir o’tkazadi. Saytga kirgan foydalanuvchi birinchi bo’lib uning ranglariga e’tibor qaratadi va bu ranglar uning ko’zlarini toliqtimaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Saytlar yaratishda ko’proq ochiq ranglardan foydalanish tavsiya etiladi.
Domen va hosting

Saytni shaxsiy komputerimizda tayyorlab bo’lgach, uni internet tarmog’iga joylashimiz kerak. Agar internetga joylamasangiz, u holda saytingiz haqida hech kim xabardor bo’lolmaydi. Lekin, internetga joylash bilan ham ish tugamaydi, internetga kirganlar saytingizni qanday topa oladi? - degan savol tug’iladi. Shuning uchun internetga joylagan saytni odamlar topa olishi uchun imkon yaratish ham kerak, ammo bu haqda keyingiz darslarda so’z yuritamiz. Keling, avval saytni internetga joylash haqida so’zlaymiz. Umuman olganda, saytlar internet tarmog’ida qanday joylanishi va saytlarga qanday qilib nom tanlanishi haqida o’rganamiz.
Har qanday saytni  internetga  joylash  uchun  domen  va hosting olinadi
Domen – bu sayt nomi,  masalan www.saytim.uz
Siz qaysidir saytga kirayotganingizda  sayt  nomini  ya’ni  domenni  yozasiz.
Natijada shu domen  sayt joylashgan  hosting va baza bilan bog’lanadi.
Domen – bu cheksiz internet ummonidagi serverlardan birida joylashgan qaysidir saytga olib boradigan manzil hisoblanadi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga joylashtirganingizda, saytingiz manzili (server nuqta’i nazaridan) qandaydir IP manzilga teng bo’ladi. Masalan, 192.168.162.134 Bunday IP manzilni eslab qolish qiyin.
Agar domen bo’lmaganida saytingizga tashrif buyurish uchun foydalanuvchilar saytingiz IP manzilini eslab qolishlari va brauzerlariga 192.168.162.134 deb yozish orqali saytingizga kirishlari kerak bo’lar edi. Domen afzalligi shundaki, u tushunarsiz va eslab qolish qiyin bo’lgan IP manzillarni odamlarga tushunarli, eslab qolish oson bo’lgan chiroyli sayt nomlari aylantiradi. Shuning uchun ham domen sotib olganingizda eng avvalo bu domenni hostingingiz IP manziliga ulab qo’yasiz. Shunda domen nomi saytingiz IP manzilining tarjimasi bo’lib qoladi. Har safar foydalanuvchilar o’z brauzerlarida domen nomingizni yozishsa, bu domen hostingingiz serverining IP manzilini chaqiradi va foydalanuvchiga saytingiz ko’rsatiladi!
Misol uchun, qalam.uz sayti hostingining sayt joylashgan qismi uchun IP manzili 192.168.111.222 deb hisoblaylik. Bu saytga kirish uchun foydalanuvchilarning bu IP manzilni yozishlari ularga qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bu o’rinda foydalanuvchilar uchun eslab qolish oson va tushunarli bo’lgan domen tanlanadi. Sayt esa quyidagi tartibda ularga yetkaziladi:
Qalam.uz -> 192.168.111.222  -> SAYT
Domen ismlarda “domen hududi” degan tushuncha mavjud. Bu hududlar saytlarning u yoki bu turga ta’luqli ekanligini ko’rsatib turadi. Masalan, O’zbekiston uchun .uz domenlari, Rossiya uchun .ru domenlari, Fransiya uchun .fr domenlari va hokazo. Har bir domen hududini o’ziga tegishli bo’lgan davlat boshqaradi. Misol uchun, .uz domenlariga O’zbekistondan boshqa hech qaysi davlat ro’yxatdan o’tkazish huquqiga ega bo’la olmaydi.
Domen ismlar domen registratorlari orqali amalga oshiriladi. Har bir domen nomi faqat bir marta ro’yxatga olinishi mumkin va uning nusxalari bo’lishi mumkin emas. Masalan, siz korzonangiz sayti uchun esavdo.uz deb nom tanladingiz, Bu domenni sotib olganingizdan keyin (kelishilgan muddat davomida) boshqa hech kim bu nomga egalik qilolmaydi.
U yoki bu domenning bandligi yoki ro’yxatga olinish uchun bo’shligini tekshirish domen registratorlarining whois so’rovi yordamida tekshirilishi mumkin. O’zbekiston domen registratorlari boshlig’i ccTLD.uz hisoblanadi. Bu saytga www.cctld.uz yoki oddiygina www.whois.uz domeni orqali kirish mumkin. ccTLD.uz saytiga tashrif buyurib Siz O’zbekiston domen registratorlari haqida ma’lumot olishingiz va saytning chap tomon menyudan pastki qismida joylashgan kichik forma orqali qaysidir domenning bo’shligi yoki bandligini tekshirishingiz mumkin.
Domen nomi ro’yxatga olingandan so’ng Siz uning sozlanmalarini saytingiz joylashgan hosting IP manziliga (ular “nameserver” deb yuritiladi) mos ravishda tahrirlashingiz kerak bo’ladi. Shundan so’ng 24 soat ichida domeningiz ko’rsatilgan nameserverda joylashgan saytingizga olib borishni boshlaydi.
Har qanday sayt qaysidir serverda joylashgan bo’ladi. Sayt va unga bog’liq fayllar (rasm, video, boshqa yuklab olinadigan fayllar) uchun ma’lum hajmda joy olish kerak. Masalan, 100 MB dan bir necha GB gacha bo’lishi ham mumkin. Sizni saytingiz uchun joy ajrtaib beruvchi xizmat turiga “hosting” deb ataladi. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo’ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan olish ham mumkin, yoki ularni boshqa-boshqa kompaniyalardan ham olish mumkin. Saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali saytlarning ishlashini ta’minlaydi. Hosting beruvchi kompaniyalar bir vaqtning o’zida yuzdan ortiq saytlarni o’zida saqlagan bo’lishi mumkin.
Siz internetga ulanib biror saytni ochish uchun kerakli manzilni terganingizda, dastlab, DNS (Domain Name Server) bilan bog’lanasiz. Keyin esa, DNS server tomonidan domen (sayt nomi) haqida malumot tekshiriladi. Masalan www.qalam.uz nomli manzilni ochganingizda, dastlab DNS server orqali qalam.uz nomi haqiqatan mavjudligi va qaysi hostingda joylashgani haqida malumot olinadi, keyin ana shu hosting bilan bog’lanadi va saytga oid fayllar sizga ko’rsatiladi. Albatta, bular barchasi avtomatik tarzda bir necha soniyada amalga oshadi.
Quyidagi rasmlarda saytga kirish uchun sodir bo’ladigan jarayonlar tasvirlangan. Bunda,
user foydalanuvchi;
browser saytni ochish dasturi (opera, mozilla, chrome); webserver sayt va uning fayllarini saqlovchi hosting.
DNS domain  name server (domenlar haqida malumotni  saqlovchi  server)
Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, internetdagi biror saytga kirish uchun sayt nomi yozilganda, brouzer (Opera, Mozilla, Chrome,....) dasturi dastlab DNS serverga murojaat qiladi va undan shu manzilning IP manzilini so’raydi. Boshqacha qilib aytganda, shu sayt qaysi hostingda joylashganini so’raydi. DNS o’zining bazasini tekshiradi va so’ralgan sayt nomini izlaydi, Agar topsa uning IP manzilini brauzerga yuboradi (ya’ni internetga kirgan odamning komputeriga saytning qayerdaligini bildiradi) Keyin esa shu vaqtning o’zida brouzer berilgan manzilga (ya’ni hosting) bilan bog’lanib undan saytning kerakli sahifasini so’raydi. Shunday qilib hosing tomonidan sayt ko’rinishlari sizning brouzeringizga yetib keladi.

Hosting xizmati uchun mo’ljallangan serverlarning ba’zi ko’rinishlari quyida tasvirlangan (rasm)

Xulosa qilib aytganda, Hosting – bu sayt uchun ajratilgan joy bo’lib, saytdagi malumotlarni (matn, rasm, fayllar va hokazo) o’zida saqlaydi. Uning hajmi bir necha MB (megabayt) yoki GB (gigabayt) bo’lishi mumkin. Domen yoki hosting olish uchun internet provayderiga murojaat qilish mumkin. Domen uchun yillik to’lov to’lanadi. Hosting uchun esa har bir provayderning tarif narxlariga ko’ra bir necha oylik yoki yillik to’lov to’lash mumkin.O’zbekistonda domen yoki hosting beruvchi kompaniyalar (provayder yoki registrator) hozirda ko’plab shaharlarda faoliyat yuritmaqda. Masalan: BCC (www.bcc.uz) , Arsenal-D (www.webname.uz) , Active (www.active.uz) , Uzinfocom (www.uzinfocom.uz) va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1.        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori. 2001 yil 23 may.
  2.           S. S. G‘ulomov «Axborot tizimlari va texnologiyalari».  Toshkent, «O‘zbekiston», 2000 y.
  3.        A.R. Maraximov, S.I. Raxmonqulova. «Internet va undan foydalanish». Toshkent, 2001 y.
  4.       «Ваш ключ к Интернету» Руководство пользователя Гласнета. 3е изданиеавгуст 1997 г.
  5. В.Г. Олифер, Н.А. Олифер. «Компьютерные сети». С.-Петербург. 2001.
  6. А.Д. Хомоненко. «Основы современных компьютерных технологий». С. – Петербург. 1998 г.

Internet ma`lumotlari
  1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'ati, 2004, UNDP DDI:
  2. O`zbek internet resurslarining katalogi: www.uz
  3. Infocom.uz elektron jurnali: www.infocom.uz
  4. ww.ziyonet.uz
  5. www.WYSIWYGWebBuilder.ru

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Axrotlashgan jamiyatda elektron kutubxonalarni o'rni va vazifalari

Axborot-kutubxona faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rni va ulardan foydalanish