“INVESTITSIYA BILAN – TADBIRKORLIK JADAL RIVOJLANADI” NOMLI TAVSIYA RO‘YXAT

Mamlakatimiz rahbarining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi”, degan edi.
Chindan ham investitsiya har qanday mamlakatning iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta’minlovchi muhim kapital manbai sanaladi. Chunki yo‘naltirilgan sarmoyalar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish asnosida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratilishi, ishlab chiqarish vositalarining modernizatsiyasi va yangilanishida muhim omil vazifasini o‘taydi, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvini jadallashtiradi.
Shu bois, mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi shartlardan biri bo‘lgan investitsiyalarni faol jalb qilish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Joriy 2019 yilning "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb nomlanganining o‘zi masalaning naqadar muhim ekanini ko‘rsatib turibdi.
Keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, soliq tizimi tubdan isloh qilindi, ruxsat beruvchi xujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshirishlar bekor qilindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizni ijtomoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir sa’y-harakatlar asosida Namangan viloyati Chust tumanidagi Sabzazor massivida “Namangan erkin iqtisodiy zonasi” tashkil etish uchun 410 gektar yer ajratilgan.
Xotira va Qadrlash kuni arafasida mazkur hududdagi “Chust textile” xususiy korxonasining matoni bo‘yash, bezak berish va quritish sexi ishga tushirildi.Korxonaning yengil sanoat sohasidagi eng so‘nggi rusumdagi dastgohlar bilan jihozlangani va uni mahalliy yoshlar boshqarayotganligi bilan ayniqsa,e’tiborli. Bog‘i Eram mahallasida joylashgan tikuv sexida ayollar, erkaklar va bolalarning 20 turdan ziyod kiyimlari tayyorlanadi va bir qator xorijiy davlatlariga eksport qilinadi.
5 million yevro miqdoridagi mablag‘ sarflangan mazkur korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 124 mlrd. so‘mni tashkil etadi.Yillik eksport hajmi 10 mln.AQSh dollari miqdorida teng korxonada 750 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Namangan tumanidagi “Natural Fruct Juiss” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2016 yilda ishga tushirilgan edi. O‘tgan davr mobaynida korxona mahsulotlari nafaqat viloyat ichki bozorida qo‘shni respublikalarda ya’ni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham o‘z xaridolarni topdi. Bu yerda tayyorlangan olma, gilos,shaftoli kabi mevalar sharbatlari iste’molchilarga manzur bo‘lmoqda.Amalga oshirilgan dastlabki eksport amaliyoti hajmi 100000 AQSh dollaridan ziyodni tashkil etdi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Axborot-kutubxona faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rni va ulardan foydalanish

Axrotlashgan jamiyatda elektron kutubxonalarni o'rni va vazifalari

Oʻzbekistonda kutubxona va kutubxonashunoslik tarixi