Сообщения

Сообщения за октябрь, 2019

Elektron kutubxonalar

Изображение
Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan. «Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha bilimlari jamlangan. Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos. Bu ma`ruzamiz ta’lim va fan sohasida tobora ahamiyati ortib borayotgan, jahon bilim omborining asosiga aylanayotgan elektron kutubxonalarga dahldor. Elektron kutubxona deganda nimani tushunamiz?   Uning tarkibiy qismlari nima?  Xalqaro Tarmoqdagi minglab kitoblarni o'z ichiga oladigan saytlar elektron kutubxonami yoki kutubxona saytlari hammi? Raqamli kolleksiyalarni yaratish uchun qanday bilim va malakalar kerak bo'ladi? Ushbu ma`ruzada shu kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz (maqolada "elektron kutubxona", "e-kutubxona" va "raqamli kutubxona"...

Til - millat g'ururi

Изображение
Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir.Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she'ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun'iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ...

Kutubxonalar haqida qiziqarli faktlar

Изображение
Dunyodagi eng yirik kutubxona AQSh Kongressi kutubxonasi sanaladi. Uning fondida 150 million nusxadan ortiq kitoblar bor. U 1800 yilda AQSh prezidenti Jon Adams tomonidan tashkil etilgan. Sobiq prezident Kongressga kerakli kitoblarni xarid qilish uchun 5 ming dollar ajratgan. Hozirda kutubxonaga yiliga bir million yetti yuz ming kitobxon tashrif buyuradi. Amerikalik biblioman Stiven Blumberg o‘zining kitoblarga bo‘lgan g‘alati “mehri” sabab jahonga dong taratgan. Umri davomida u kutubxonalardan qiymati bir necha million dollar bo‘lgan 20 mingdan ortiq kitoblarni o‘g‘irlagan. Bundan 268 ta kutubxona zarar ko‘rgan. Stiven Blumberg bir necha marta panjara ortiga tushgan. Biroq ozodlikka chiqqach yana eski mashg‘ulotini davom ettirgan. Qizig‘i, kitoblardan birortasini sotmagan va ularga zarar yetkazmagan. Finlyandiyaning kichik Vantaa shaharchasi kutubxonasiga notanish kishi qadimiy kitobni qaytargan. Jildning orqa t...

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

Изображение
1.       Dunyodagi eng qadimgi kutubxona Misrning Sinay shahridagi Sulton Ketrin monastirida joylashgan bo’lib , u 6-asr o’rtalarida qurilgan va dunyodagi Vatikandan keyin ikkinchi eng yirik dinga oid qo’llanma va kitoblar jamlanmasiga ega bo’lgan kutubxonadir. Bu kutubxonadan faqatgina rohiblar hamda olimlargagina foydalanishga ruhsat berilgan. 2.       Dunyodagi eng katta kutubxona – Kongress kutubxonasi bo’lib, taxminan 1348342 kilometr uzunlikdagi kitob javonida 158 milliondan ziyod fond bor: 36 milliondan ortiq kitoblar va boshqa bosma materiallar, 3,5 million plastinkalar, 13,7 million fotosuratlar, 5,5 million xaritalar hamda 69 million qo’lyozmalardan iborat. 3.       Dunyodagi eng kichik kutubxona Nyu-York shahrining ko’chalarida qurilgan bo’lib, bu kutubxonada faqatgina  bitta kitobxon foydalanishi uchungina yetarli bo’lgan joy ajratilgan. Yorqin sariq rangda plassmasadan ishlangan b...

ISBN kitob belgisi

Изображение
Kitob belgisi  - 1) kitobning shartli belgisi; kitobning cap (titul) varagʻi pastki chap qismiga nashriyot tomonidan qoʻyiladigan belgi; kitobni joylashtirish, nomma-nom hisobga olish, kitob doʻkonlarining bibliografik ishlarida va boshqa kitob savdosi jarayonlarida zarur boʻlgan bir qator qismlardan tarkib topadi. Mas: Sh. Shomuhamedovning "Shoh kitob va uning muallifi" risolasiga quyidagi shartli belgi qoʻyilgan: Sh- 4702620201-116 M352(04)-92 qatʼiy buyurtma 91. Bunda: Sh — mualliflik belgisi (muallif familiyasining yoki kitob nomining bosh harfi); bu ushbu kitobning bibliografik tasviri "SH" harfi bilan boshlanadi, kitobni va uning tasviri yozilgan kartochkani alifbo boʻyicha "SH" harfiga joylashtirish lozimligini koʻrsatadi. 4702620201 — "Kitob nashr qilish uchun adabiyotlarni tasniflashning yagona jadvali"dagi kitobni kitob javonidagi oʻrnini aniqlashga, kitoblarni nomma-nom hisobga olishda guruhlarga ajratishni yengillashtiris...