Yana bir ziyo maskani foydalanishga topshirildi
Joriy yilning 23 dekabr kuni Namanganda Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi foydalanishga topshirildi. Ushbu tadbirda Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi. Tadbirni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstrasiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ham o‘z fikr mulohazalarini bildirdi. Bugun foydalanishga topshirilayotgan kutubxona Namangan viloyati aholisi, kitobxonlari hamda yoshlar uchun eng sevimli joyga aylandi. Bu yerda masofadan turib kitob o‘qish uchun viloyatlar hamda rivojlangan davlatlar kutubxonalari bilan elektron kitob o‘qish imkoniyati ham yaratilgan. Hududda yuqori tezlikdagi internetga ega bo‘lgan WI-FI zonasi mavjud. Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bir vaqtning o‘zida 450 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerda 573 ming kitob fondi bor. Shundan 200 mingga yaqini badiiy asarlar, 5000 nomdagi elektron kitoblard...