Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun! 10 dekabr (1992 yil) O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun. Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan. O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraganda, butun vujudimizda entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Chunki unda yurtimizning buyuk kelajak barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-eʼtibori, kelajakka qatʼiy ishonch bilan intilayotgan y...